Amerikada ikki ayol askar harbiy sohada eng yuqori va qiyini hisoblangan Reynjer maktabi (Ranger School) ni tamomladi. Bu ta'lim dargohini shu paytgacha biror qiz bitirmagan. Harbiylar qattiq ruhiy va jismoniy mashqdan o'tadi. Kirganlarning o'rtacha 42 foizi bitirishga muvaffaq bo'ladi.
Shu hafta, juma kuni Jorjiya shtati, Benning fortidagi bitiruv marosimida 90 dan oshiq askar qatnashadi. 62 kunlik mashg'ulotni muvaffaqiyatli yakunlagan harbiylar orasida mana shu ikki ayol ham bo'ladi.
Biroq maktabni bitirganiga qaramay, ular 75-Reynjer polkiga xizmatga yollanmaydi.
Amerika qurolli kuchlari ayni damda frontga xotin-qizlarni jalb qilishga qo'yilgan taqiqni qayta ko'rib chiqmoqda va tugal qaror yil oxirida qabul qilinadi.
Armiya vaziri Jon Makxyu bitiruvchilarni qutlab, har bir askar, jinsidan qat'i nazar, xizmatga qodir ekani isbotlandi, dedi.
Shu yilning aprelida nufuzli harbiy maktabga 19 ayol va 381 erkak qabul qilingan edi.
Talabalar juda kam ovqat yeb, oz uxlab, nihoyatda og'ir sharoitda faoliyat yuritishni o'rganadi.
Parashyut bilan sakrash, soatlab piyoda yurish, og'ir yuk ko'tarib yugurish singari mashqlardan o'tadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5