Amerikada saylovlar milliardlab dollar pul

  • Amerika Ovozi
2012-yilda Amerikada prezident va Kongress saylovlariga qariyb 7 milliard dollar mablag’ sarflangan. Gap shundaki, Oliy sud badavlat fuqarolar va kompaniyalarga o’zi istagan nomzodga istagancha pul berishga ruxsat berib qo’ygan.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikada saylovlar bir dunyo pul/Shohruh Hamro


Demak, 2016-yilgi prezident saylovlari yanada qimmatga tushadi. Bu jarayonlarni kuzatib borayotgan sharhlovchilar nazarida, saylovda moliya va korrupsiya yonma-yon yuradi.

2009-yil... Barak Obama qasamyod keltirmoqda. AQSh tarixidagi eng qimmat saylovda u g’alaba qozondi.

Shuncha pul qayerga ketdi deysizmi? Televizion reklamalarga.

So’nggi yillarda AQSh Oliy sudi qabul qilgan qarorlar sharofati bilan bugun amerikaliklar istagan nomzodiga yoki siyosiy partiyaga xohlaganicha pul berish huquqiga ega.

Ko’proq pul korrupsiyaga ham yetaklashi mumkin, deydi siyosiy sharhlovchi Shila Kramoltz.

“Senzuraga yo’l yo’q. Fikr bildirishga va pulimizni muayyan maqsadlarga sarflashga hammamiz haqlimiz. Lekin boshqa tarafdan, pulning hajmi va qayerdan kelayotgani ham muhim faktor”.

Saylov kampaniyalarini moliyalashga doir sud qarorlari konservatorlarga ma’qul. Ular nazarida nomzodni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash so’z erkinligining bir ko’rinishidir.

Tahlilchi Deyvid Kitingning aytishicha, “har bir fuqaro istaganicha sarflash, siyosatchilarni quvvatlash imkoniyatiga ega bo’lsin. Oxirida baribir saylovchi hal qiladi”.

Suhbatdosh fikricha, saylov kampaniyasini boshqarish umuman hukumatning ishi emas.

“Odamlar hukumat haqida nima deydi, nima qo’yadi, amaldorlar aralashmasin. Ana shunday qo’rqish kerak”, - deydi u.

Ushbu masalada Kongressda ham yakdillik yo’q. Senatda demokratlar sardori Garri Rid:

“Respublikachilar talqinicha, kim badavlat bo’lsa, erkinligi ham ko’proq ekanda”.

Senatda respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonell:

“Siyosiy jarayonda qatnashish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi”.

Tahlilchi Shila Kramoltz hozirgi sistema quyushqondan chiqib ketgan, deydi.

“Fursati kelib katta bir janjal chiqmaguncha bu muammo bilan hech kim jiddiy shug’ullanmaydi shekilli”.

AQShda kuzgi Kongress saylovlarida televizion reklamalarga 2,5 milliard dollar sarflanishi kutilmoqda.