AQShning NASA Fazo tadqiqotlari markazi Xalqaro fazo stansiyasiga yuk tashish vazifasini xususiy kompaniyalarga yuklamoqda. Yaqinda stansiyaga ikkinchi xususiy kompaniya o’z raketasini uchirdi.
Virjiniyadagi “Orbital Sciences” kompaniyasi Xalqaro fazo stansiyasiga ta’minot missiyasini yubora olishini namoyish etdi. Raketa tijoriy inshootdan ko’tarildi.
“Antares” raketasi ustida uchgan “Signus” kosmik apparati stansiyaga 700 kilogramm yuk olib chiqdi.
Bu NASA va xususiy kompaniyalar o’rtasidagi hamkorlik mahsulidir. Davlatga qarashli agentlik fazoviy transport sohasini rivojlantirish uchun millionlab dollar sarmoya qilgan.
Bunday hamkorlik kelajakdan nishona, deydi “Orbital Sciences” kompaniyasi rahbari, astronavt Frenk Kalbertson.
“Fazo dasturini rivojlantirish uchun bundan buyon aynan shunday ishlaymiz. Mana hamkorlik mevalarini ko’rib turibmiz. Ammo raketani uchirish murakkab bir programmada birinchi qadam, xolos. Kosmik apparat stansiya bilan uchrashishi va unga qo’nishi kerak hali,” - deydi u.
Xalqaro fazo stansiyasiga yuk tashish endi xususiy sektor zimmasida. NASA esa bundan buyon raketalarning yangi modellari ustida ishlaydi.
Hamkorlar stansiyada ilmiy ishlarni ham olib boradi, deydi NASA rahbarlaridan Robert Laytfut.
“Signus” apparati bilan fazoga yuk tashish imkoniyatlari yanada kengaydi. NASA agentligi esa yer orbitasidan narida ham ilmiy eksperiment va izlanishlarni davom ettiradi,” - deydi u.
“Signus” parvozi davomida apparatning barcha sistemalari va u nimaga qodir ekani sinovdan o’tadi.
NASA “Orbital Sciences” kompaniyasi bilan 1,9 milliard dollarlik kontrakt imzolagan.
Kaliforniyada joylashgan “SpaceX” ham 10 oylik bellashuv asosida tanlab olingan kompaniyalardan biri. U bilan imzolangan kontrakt 1,6 milliard dollarga teng.
Ular ko’rsatadigan xizmatlar turlicha, deydi agentlikning Tijorat va yuk dasturi menejeri Alan Lindenmoyer.
“SpaceX” kompaniyasi Xalqaro fazo stansiyasiga katta va og’ir yuklarni tashiy oladi va uni orqaga, Yerga qaytara oladi. “Orbital” esa katta hajmdagi, lekin yengilroq bo’lgan yuk tashish salohiyatiga ega,” - tushuntiradi u.
“Orbital”ning “Signus” raketasi stansiyaga qo’nganidan keyin chiqindi bilan to’ldiriladi. “SpaceX”ning “Dragon” raketasidan farqli ravishda, “Signus” Yer orbitasiga kirishi bilanoq yonib ketadi.
Your browser doesn’t support HTML5