Akademiya 1845-yilda eski fort binosida ishga tushgan. Bitirganlar orasida prezident Jimmi Karter, senator Jon Makkeyn bor.
Your browser doesn’t support HTML5
Amerika Harbiy dengiz akademiyasini bitirganlar orasida sobiq prezident Jimmi Karter va nufuzli senator Jon Makkeyn bor.
Akademiyada o’qiganlar va hozirda bilim olayotganlar orasida xorij fuqarolarini ham ko’rasiz. O’qishni tugatib ular vataniga qaytadi.
Deyvid Ochi Panamadan. Merilenddagi harbiy dengiz akademiyasida (U.S. Naval Academy in Annapolis, Maryland) o’qiyotgan 60 xorijlik talabadan biri:
“Vatandagi qulay muhitni tashlab, boshqa bir davlatda, boshqa bir madaniyatda yashash va o’zga tilda gaplashish haqiqiy sinov bo’ldi”.
Santiago Gonzalez-Ayer ispaniyalik talaba:
“Amerika madaniyatini yaxshiroq tushuna boshlaysiz. Bu xalqning dardi bilan yashashni o’rganasiz”.
Dengiz akademiyasi 1845-yilda eski fort binosida ishga tushgan.
Uning vazifasi Amerika dengiz kuchlari va armiyasi uchun xizmatchi tayyorlab berishdan iborat. Askarlarda malaka, mustahkam iroda va o’zaro e’tibor-hurmatni tarbiyalash – asosiy maqsadlardan.
Chet ellik talabalar bilan ishlashga mas’ul Rasmiy Tim Disherning aytishicha, akademiya xorijlik talabalarga eshiklarini ochib o’zi foyda ko’radi:
“1981-yilda akademiyani bitirganim esimda. U paytlarda faqat katta lavozimdagi ofitserlar chet ellik harbiylar bilan muomala qilish imkoniyatiga ega edi. Hozir tartib boshqacha. Oddiy talaba chet ellik matroslar bilan bemalol muomala qilishi mumkin. Biz yosh elchilarni tarbiyalab berayapmiz bu jihatdan”.
Tim Disherning aytishicha, almashinuv Amerika askarlarining dunyoqarashini ham kengroq qiladi. Boshqa davlat va elatlarni taniydi.
Leytenant Pol Angelo akademiyani 2006-yilda bitirgan:
“Dunyo borgan-sari kuchrayib borayapti. Bir kun kelib talabalarimiz boshqa davlatlarda, xalqaro suvlarda xizmat qilishiga to’g’ri keladi. Bugun harbiy dengiz akademiyasida olgan tajribasi shuning uchun ham qo’l keladi. Ittifoqchi davlatlar AQShning floti va armiyasi qanday o’ylashi, ishlashini bilishi nihoyatda muhim”.
O’qishni bitirgach, Gonzalez Ayer Ispaniyaga qaytib, matros bo’lib ishlamoqchi.
Deyvid Ochi esa vatanida muhandis bo’lishni mo’ljallab yuribdi:
“Hayotimni Panamada ko’raman”.
Uyiga bu studentlar ham kasbiy, ham hayotiy bilimi boyib qaytishi aniq.