Qurol uyushmasi Amerikada qurol egalarining ashaddiy himoyachisi va eng baquvvat lobbichi tashkilotlardan biri hisoblanadi.
Yaqinda bir maktabda ro’y bergan qatliomga javoban, Qurol uyushmasi barcha maktablarda politsiyachilarni joylashtirishga chaqirmoqda. Qurol-aslaha savdosini cheklash haqida gap bo’lishi mumkin emas, deydi uyushma a’zolari.
AQSh Qurol uyushmasi faoliyatini boshlaganiga 140 yildan oshdi. Muntazam badal to’laydigan to’rt million a’zoga ega bu tashkilot Amerikada katta siyosiy kuchga ega. Konstitutsiyaga kiritilgan ikkinchi o’zgartirish, ya’ni fuqarolarning qurolga egalik qilish huquqini tish-tirnog’i bilan himoya qiladi.
Keti Kaylining tashkiloti Qurol uyushmasi siyosatchilarga qancha pul ajratishini kuzatib boradi.
“Uyushma ishini juda yaxshi tashkillashtirgan. Butun mamlakat bo’ylab a’zolari bor. Mablag’ to’playdi va uni o’zining siyosiy maqsadlariga erishish uchun ishlatadi”, - deydi Kayli.
Televizion reklamalar va saylov kampaniyalariga millionlab dollar pul ajratib, Qurol uyushmasi Kongress qarorlariga ta’sir o’tkazadi. 2004-yildan buyon avtomatik qurollar savdosini man etishga qarshi samarali kurashib kelmoqda.
Qurol uyushmasi tarafida bo’lgan siyosatchilar mablag’ bilan siylanadi, unga qarshilar esa qayta saylanishga qiynaladi. Veyn Lapiyer - Qurol uyushmasining vitse-prezidenti:
“Qurol egalari ovozini olmoqchi bo’lgan siyosatchilar yetti o’lchab bir kesadi”, - deydi u.
Qurol uyushmasi qonunchilarga baho berishga ham o’rganib qolgan. Vashingtonda u qo’rquv uyg’otadi, deydi Kayli.
“Bunga sabab – ular muayyan siyosatchini Kongressga olib kelish yoki, aksincha, lavozimdan olib tashlash uchun katta mablag’ sarflashi, saylovchilarni safarbar etishi mumkin”.
Yaqinda Konnektikut shtatidagi boshlang’ich maktabda avtomat ko’targan yigit 20 bola va muallimlarni otib o’ldirgach, qurol nazoratiga doir bahslar yana avjiga chiqdi. AQSh Qurol uyushmasiga keskin tanqidlar yog’ildi.
Endilikda uyushmaning ayrim ashaddiy tarafdorlari ham qonunlarni o’zgartirish kerak deb chiqayotgani katta burilish. Kongressmen Jon Yarmut:
“Qurol uyushmasini har narsada ayblash ham noto’g’ri, ularning gapida ham jon bor. Lekin muammo shundaki, qurol himoyachilari zo’ravonlikning oldini olishga qaratilgan muhokamalarda hech qachon qatnashmagan. Jamoatchilik bilan bir stol atrofida o’tirmagan”.
Endryu Reymond singari qurol sotuvchi do’kon egalari ham g’azabda. Nahotki, Kongress bir tashkilot nog’orasiga o’ynasa, deya taajjublanadi ular. Hozir sig’imi katta qurollar savdosini taqiqlash haqida muhokamalar ketayapti.
“20 nafar begunoh go’dak qatl etilganidan keyin Qurol uyushmasining nufuzi bilan kimning ishi bor? Harbiy turdagi qurollarni cheklaydigan qonunlar ovozdan o’tishi turgan gap”, - deydi Reymond.
Tahlilchilarga ko’ra, Amerikada so’nggi payt ko’paygan ommaviy qirg’inlardan jamoatchilik g’azabda. Qurol uyushmasi qanchalik qarshi chiqmasin, nazorat kuchayadigan ko’rinadi.
Your browser doesn’t support HTML5