Yillar davomida AQSh kompaniyalari zavod va fabrikalarni ishchi kuchi arzon Xitoyga ko’chirib, o’sha yerda mahsulot ishlab chiqargan. Zamonaviy texnologiyalar hisobiga Amerikaning o’zida ishlab chiqarish kengaymoqda. Buning oqibatida amerikaliklarning malakasi ham, maoshlari ham oshishi kutilmoqda.
Sunit Saksena yaqinda zavodini Xitoydan Qo’shma Shtatlarga ko’chirdi. Bu AQSh sanoatidagi o’zgarishlardan dalolatdir.
“Boshqalarga o’xshab biz ham faoliyatimizni Xitoyda boshlagan edik. Chunki u yerda ishchi kuchi arzon. Lekin asta-sekin ishchi kuchi ham, ijara haqi ham qimmatlashdi”.
Saksena Kaliforniyaning San-Xose shahrida joylashgan “Altier Dijital” kompaniyasining rahbari. Supermarket va do’konlar uchun raqamli texnologiyalarga asoslangan yozuvlar ishlab chiqaradi. Ulardagi narxlarni qo’lda birma bir emas, balki yagona kompyuter orqali yangilab turish mumkin.
Kompaniyada 50-60 odam ishlaydi, Xitoyga qaraganda kamroq. Ular soatiga 10 dollar maosh oladi. Yangi texnologiyalar joriy etilganidan keyin kompaniya ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi ikki baravar oshdi. Demak, endi Xitoydagi kompaniyalar mahsuloti bilan raqobatlashsak bo’ladi, deydi Saksena.
Avtomatlashtirishni ko’paytirib, ish hajmini ham oshiramiz, shunda xodimlar sonini kamaytirishga hojat bo’lmaydi, deydi u.
“Bugunda ishlab chiqarishni oshirib, biznesni kengaytirishga qodirmiz. Kichiqroq joyda ozroq xodimlar yordamida ko’proq mahsulot ishlab chiqarsak, har bir xodimning mahsuldorligi oshsa, Xitoydagidan ham samaraliroq ishlaymiz”.
AQShda organik oziq-ovqat ishlab chiqaradigan eng yirik kompaniyalardan biri “Earthbound Farm” ham ishlab chiqarish hajmini oshirish payida. Bu maqsadda mahsulotni qadoqlaydigan robotlardan foydalanmoqda. Har bir robot to’rt kishining ishini bajaradi. Biroq kompaniya vitse-prezidenti Uill Deniels robotlarni deb hech kim ishini yo’qotmagan, deydi.
“Ularni ishdan bo’shatib, robotlarni ishlatish o’rniga biz ishchilarimiz malakasini oshirdik. Ilgari qadoqlash bilan shug’ullangan xodimlarimiz endi boshqa, mukammalroq ish bajaryapti – robotlarni boshqaryapti,” - deydi u.
Robotlar odatda qayta-qayta takrorlanadigan harakatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Biroq texnologiyalar bo’yicha mutaxassis Troy Strasxaym murakkabroq ishlarni qila oladigan yangi robotlar kashf etish bilan band.
“Hozirda sanoatning turli sohalarida qo’llanilayotgan robotlardan “o’ylash” yoki “ko’rish” talab qilinmaydi. Ular sodda operatsiyalarni bajaradi, jumboqlarni yecha olmaydi. Shuning uchun biz “ko’zi” va “idroki” bor robotlar ustida ishlayapmiz,” - deydi u.
Strasxaym sinayotgan robotlar kamera va datchiklar yordamida muayyan shakldagi narsalarni boshqalari orasidan tanlay olishi kerak. Tovar yuklanadigan joylarda bunday mashinalar katta foyda keltirishi shubhasiz.
Texnologiya sohasidagi kashfiyotlar tufayli AQSh sanoatida so’nggi 10 yilda birinchi marta o’sish kuzatilyapti. Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish yuqori malakali xodimlarni talab qiladi, demak ularning maoshlari ham oshadi, deydi soha rasmiylari. Bundan pirovardida milliy iqtisodga foyda.

Your browser doesn’t support HTML5