Janubiy Kaliforniya sayyohlarga to’la. Odamlar kitlarni tomosha qilish uchun keladi bu yerga. Los-Anjeles yaqinidagi Long Bich sohilida shu kunlarda kitlar misli ko’rilmagan darajada ko’p. Biolog-olimlar esa bu g’aroyib fenomenning sabablarini o’rganmoqda.
AQShning eng katta ikki porti yaqinida, Tinch okeanida, kemalar qatorida bahaybat jonzotlar suzib yuradi.
“O’tgan 1-2 oy ichida shu qadar ko’p kit ko’rdikki, asli qo’yaverasiz. Tasavvur qilish qiyin”.
Kapitan Den Salas Long Bich sohilida yil davomida har kuni kitlarni kuzatadi. Bu yerga kelganlarning 75-80 foizi odatda suvdan shiddatli fontan otilib chiqayotgani va so’ngra katta dumni ko’rishi mumkin, deydi u.
“So’nggi oy ichida esa 100 foiz hollarda kitlarni ko’rish imkoni bo’lyapti. G’ayrioddiy…” - qo'shimcha qiladi kapitan.
Dengizchi-biolog Kira Mates ham hayratda:
“Bu yerda bir necha yildan beri ishlayman. Ammo bunaqasini hali ko’rmagan ham, eshitmagan ham edim. Kitlar shu qadar ko’payib ketdi, shov-shuvga sabab bo’ldi”.
Kulrang kitlar… Mates o’tgan yillarga qaraganda dekabr oyining o’zida ikki baravar ko’prog’ini ko’ribdi.
Boshqa jonzotlarni ham ko’zga tashlanadi.
“Kosatka deyiladigan qotil-kitlarni ham ko’rdik. Kashalotlar ham, bukur kitlar ham bo’ldi. Dunyodagi eng bahaybat jonzotlar orasida ikkinchi o’rinda turadigan finval ham bor. Qisqa muddatda hammasini kuzatdik”.
Mates deydiki, ko’proq odam kitlarni ko’rishga kelgani sababli aslida bu hayvonlarni ko’ra olganlar ham ko’proq bo’gan bo’lishi mumkin. Ayni vaqtda kitlar sohilga yaqinroq suzayotgani ehtimolidan holi emas, chunki bu yerda ular uchun oziqa ko’paygan.
Hudud suvlari bugun ancha toza, shu bois ekosistema ham sog’lomroq, deydi mutaxassislar.
“Bu yerdagi suvlar bundan 20 yil avval juda iflos edi. Delfin yoki dengiz sherlari kamdan kam uchragan. Hozirda Los-Anjelesga yaqin suvlar juda toza, delfinlarni ham, dengiz sherlarini ham portdan chiqmay turib uchratish mumkin,” - deydi kapitan Salas.
Mates fikricha, iqlim o’zgarishi oqibatida hududda oziqa ko’paygan bo’lishi mumkin. Shu bois kitlar migratsiyasi ham o’zgargan. Sabab nimaligidan qat’i nazar, turistlar hozirgi vaziyatdan mamnun. Hayvonlar shousi ularga ma’qul kelmoqda.
“Kitlarni ko’rib hayron qoldim. Boshida bitta kit, so’ngra bir-ikkita delfinni tomosha qilamiz-da orqaga qaytamiz, deb o’ylagandim. Yo’q, haqiqiy cirk bo’lib chiqdi,” - deydi bir sayyoh.
Sohildan 11 kilometr narida sayyohlar kitlar to’dasini ko’rishga muvaffaq bo’ldi. Bu noyob fenomenni kuzatish hatto olimlarga ham nasib qilavermaydi.