Amerika sharqini urgan kuchli tabiiy ofatda o’lganlar soni 90 kishiga yetgan va bu raqam oshishi kutilmoqda.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayapti. Birgina Nyu-York va Nyu-Jersida dovul 59 odamning yostig’ini quritgan.
Ahvol og’ir ekan, Nyu-York shahri meri Maykl Blumberg an’anaviy, mashhur marafonni o’tkazmaslikka qaror qilgan.
Yillik marosimda minglab bizneslar, tomoshabinlar qatnashar va shahar g’aznasiga millionlab dollar daromad keltirar edi.
Jamoat transporti sekin-asta ishga tushib, elektr ta’minoti tiklanmoqda. Qutqaruv xizmatlari suv toshgan tunnellar va binolarni tozalash bilan band.
Osmono’par binolar tizilgan shaharda muntazam tok yo’qligi bois, idoralar va maktablar hali yopiq.
Sendi dovuli Bagama, Kuba, Gaiti va Yamaykada 65 odamni hayotdan olib ketgan. AQShda ofat keltirgan zarar 50 milliard dollar atrofida baholanmoqda.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1537383&w=640&h=506&skin=embeded
Your browser doesn’t support HTML5