Google, Microsoft, Facebook oshkoralikka undayapti

  • Amerika Ovozi
AQShdagi uch yirik internet kompaniyasi foydalanuvchilar haqida hukumat bilan ma’lumot almashishga doir sud qarorini ommaga oshkor etish tarafdori.

Google, Facebook va Microsoft kompaniyalari Obama ma’muriyatidan buning uchun ruxsat so’rayapti.

Jamiyatdagi shubhalarga oydinlik kiritish uchun zarur bu, deydi Google rahbariyati.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi fuqarolarning elektron pochtasi va boshqa ma’lumotlarni kuzatib borayotganini e’tirof etgan.

Bu haqda Amerika va Britaniya matbuotini sal avval agentlik sobiq xodimi Edvard Snouden boxabar qilgan.

Uning aytishicha, hukumat fuqarolarning shaxsiy hayotini maxfiy tarzda kuzatayotgani haqida omma bilishga haqli.

Obama ma’muriyati esa dastur terrorchilar rejasini oldindan aniqlash uchun lozim choradir, deydi.