AQSh hukumati millionlab fuqarolarning telefonlarini va internetni tekshirgani haqida matbuotni xabardor qilgan shaxs – 29 yoshli kompyuterchi Edvard Snouden ekani aniqlandi.
U Amerika Milliy xavfsizlik agentligida kontrakt asosida ishlab yurgan paytida maxfiy axborotni Britaniya va AQSh matbuotiga uzatgan.
Hozir Gong-Kongda yashayotgan Snouden xato ish qilmadim, deydi.
U so’z erkinligi e’zozlanadigan mamlakatdan siyosiy boshpana izlash niyatida.
Amerika hukumatining bildirishicha, fuqarolarning telefon suhbatlari tinglanmagan, ular qaysi raqamga qo’ng’iroq qilgani va qancha vaqt gaplashgani qayd etilgan, xolos.
Bu terror xurujlarining oldini olish uchun zarur chora deya ta’riflaydi rasmiylar.