AQSh Suriya muxolifati idoralarini diplomatik missiya deb tan oldi

  • Amerika Ovozi

Halab, Suriya

Shu paytgacha oppozitsiyaning Vashington va Nyu-Yorkdagi idoralari norasmiy vositachi hisoblangan edi.
Obama ma’muriyati Suriya muxolifatining Vashington va Nyu-Yorkdagi idoralarini diplomatik missiya deya tan olmoqchi.

Amerika rasmiylari 2012-yil dekabrida Suriya milliy koalitsiyasini Suriya xalqining qonuniy namoyandasi deya e’tirof etgan edi.

Biroq shu paytgacha oppozitsiyaning ofisi norasmiy vositachi hisoblangan edi.

Qo’shma Shtatlar muxolifatga 27 million dollar noharbiy yordam va’da qilmoqda.

Uch yil oldin prezident Bashar al-Assadga qarshi isyon boshlanganidan beri Amerika oppozitsiyaga shu tariqa 287 million dollar uzatgan.

Suriya, Damashq, Halab

Suriya, urush