Imomali Rahmon kelasi yetti yil prezidentlikda qoladi. Uzoq yillik rahbar bu safar ham erkin saylovlarga yo'l qo'ymadi.
AQSh Davlat departamentining xulosa qilishicha, Tojikistonda bu safar ham saylovlar asosiy talablarga javob bermadi. Plyuralizm va haqqoniylik kuzatilmadi, deyiladi vazirlik tarqatgan bayonotda.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti nazarida ham shunday, ya'ni jarayon tinch o'tdi, biroq saylov boshdan oyoq muammolarga to'la bo'ldi.
Bir odamning bir necha fuqaro, ko'p hollarda butun oilasi nomidan ovoz berishi; soxtalashtirish, bir fuqaroning bir necha bor byulleten to'ldirgani hollari ko'p kuzatildi. Xalqaro tashkilotlar bemalol kuzatishi uchun sharoit yaratib berilgani ijobiy hol deya baholanmoqda.
"Tojikiston hukumatini yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishga chaqiramiz",- deya bildiradi Obama ma'muriyati.
"Bu davlat o'z qonunchiligini Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tavsiyalariga asoslanib yangilaydi degan umiddamiz. Shunday o'zgarishlar qilingki, axborot vositalari jarayonni hech qanday to'siqlarsiz yorita olsin. Oshkoralik ta'minlanmas ekan, saylov kampaniyalari erkin va halol kechmaydi, nomzodlar ham haqqoniy ravishda tanlanmaydi",- deya chaqirmoqda AQSh hukumati.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti xulosasida aytilishicha, saylov oldidan matbuotda asosan Rahmon ko’tar-ko’tar qilingan. Uning asosiy raqibi, muxolifatdan vakila Oynihol Bobonazarova yetarlicha imzo to’play olmagan, deya saylovga yo’latilmagan edi. Bobonazarova so’zlariga ko’ra, rasmiylar do’q-po’pisa va bosim yo’li bilan uning imzo yig’ishiga to’sqinlik qilgan.
Davlat departamenti so'zlovchisi Jen Psaki uzatgan bayonotdan:
1990-yillarda qonli urushni boshdan kechirgan mamlakatda saylovlar xotirjam o'tgani hammaga taskin beradi, ammo jarayon natijasida jamiyat olg'a siljishi kerak. Haqiqiy demokratiya saylov bilan cheklanmaydi. Siyosiy erkinlikka yo'l ochilmas ekan, muxolifat yengil nafas olib, amaldagi siyosatni bemalol savolga tuta bilmas ekan, mustaqil matbuot va fuqaro jamiyati shakllanmas ekan, mamlakat taraqqiy etishi mushkul.