Tojikiston uchun ham paxta asosiy daromad manbalaridan biri. Sho’rolar davrida Tojikistonda yiliga 700 mingdan 900 ming tonnagacha yuqori sifatli paxta hosili olingan bo’lib, uning tola uzunligi eng sifatli va qimmatbaho hisoblangan. Hozir yiliga 250 ming tonnadan sal ko’proq paxta teriladi, sabab ekin maydonlari qisqarib, yerlar sho’rlanib ketgan. Yerga ishlov sust, mineral o’gitlar tanqis, markazlashgan ta'minot yo’q.