Amerikalik askar va uning qarindoshi Yaqin Sharqda "Islomiy davlat" to'dasiga qo'shilib olib, AQSh bazalarida o'nlab harbiylarni o'ldirishni rejalashda ayblanmoqda.
22 yoshli Hasan Edmonds Misrga uchayotgan samolyotga minishdan oldin Chikagodagi aeroportda ushlandi.
Uning qarindoshi, 29 yoshli Jonas Edmonds uyida qo'lga olingan. Har ikkisi Illinoys shtatidan, AQSh fuqarolari.
Ularning rejasiga ko'ra, deydi tergovchilar, Hasan mamlakatni tark etganidan keyin Jonas uning harbiy formasini kiyib olib AQShning o'zida xurujlar sodir etishi kerak bo'lgan. U, xususan, Illinoysdagi harbiy bazada o't ochishni mo'ljallagan.
Amerika maxfiy agenti Hasan bilan yashirincha yozishgan va yanvardagi elektron maktubida yigit Yaqin Sharqqa borolmasa, AQShning o'zida hujumlarni amalga oshirish niyatini bildirgan.
Aybdor topilsa yigitlar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinib, 250 ming jarimaga tortilishi mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5