AQSh terrorchilarni nishonga olishda davom etadi

  • Amerika Ovozi

Jon Brennan, AQSh prezidentning kontrterrorizm masalalari bo'yicha maslahatchisi

Oq Uyda kontterrorizm masalalari bo’yicha mas’ul Jon Brennan deydiki, Amerika ektremizmga qarshi choralarni kuchaytirib, butun dunyo bo’ylab yangi dastur asosida ish ko’rmoqda.

Garvard Universitetida so’zlar ekan, Brennan terrorizm va terrorchilarga nisbatan yetarlicha kurashmayotgan mamlakatlarni tanqid ostiga oldi, jumladan Pokistonni.

Amerika, deydi rasmiy, terror makonlari qay mamlakatda bo’lishidan qat’iy nazar ularni nishonga olishda davom etadi.

“Lekin bu, AQSh qachon va qayerda xohlasa, o’z bilganicha qiladi degani emas”,- deydi prezident maslahatchisi.

Guantanamoda hozir 180 mahbus qolgan

Obama ma’muriyati xalqaro tamoyillar, suveren davlatlar huquqi va urush qonunlariga bosh egadi, deydi u.

“Biz xalqaro hamjamiyat bilan kelishib ishlash tarafdorimiz va shunday qilib kelayapmiz ham”,- deydi rasmiy.

Barak Obama prezidentlikka kelganida Guantanamo qamog’ini, terrorizmda gumon qilingan shaxslar saqlanadigan turmani yopishni va’da qilgan edi.

Prezident bu va’dasida qat’iy ekanini aytmoqda, 780 mahbusdan hozir u yerda 180 nafari qolgan. Ular ishini Amerika fuqaro sudlarini ko’rish taklifi olg’a surilmoqda.

Lekin respublikachilar, muxolif partiya, bunga qarshilik bildirib keladi. Ular nazarida terrorizmda ayblanganlar harbiy tribunallarda javob berishi kerak.