NATO tashkiloti va Rossiya vakillari Ukraina masalasini muhokama qilish uchun chorshanba kuni Bryusselda uchrashadi. Bu Rossiya qo’shinlari Qrim yarimoroliga kiritilganidan buyon bo’lib o’tadigan birinchi uchrashuv bo’ladi. Tashabbus bilan NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen chiqqan.
NATOga a’zo davlatlar vakillari Polsha iltimosiga binoan seshanba kuni uchrashgan edi. So’ngra tashkilot rasmiylari Rossiyaning Ukrainaga qo’shinlarni kiritishi butun Yevro-atlantika mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlik uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi, deya bayonot berdi.
Obama bevosita Moskva-Kiyev muzokaralari tarafdori
AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyani Ukraina muvaqqat hukumati bilan ochiqchasiga gaplashishga da’vat etar ekan, xalqaro kuzatuvchilarga esa Ukrainadagi etnik ruslar xavf ostidami, degan savolga javob topishni ruhsat etish kerak, deya taklif qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada yashovchi ruslar huquqlarini himoya qilishga haqlimiz, deb kelmoqda. Ammo 4-mart kuni bergan matbuot konferensiyada Putin, shuningdek, Qrimdagi harbiylar Rossiya askarlari emasligini ta’kidladi.
Prezident Obama va boshqa G’arb davlatlari rahbarlari Moskva Ukrainaga bostirib kirib, xalqaro huquq tamoyillairni poymol qildi, demoqda.
Kerry Rossiya “agressiyasini” qoraladi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri AQSh Ukraina atrofidagi masalani hal etish tarafdori ekanini aytdi.
4-mart kuni Kiyevga borgan rasmiy Ukrainaga 1 milliard dollarga teng iqtisodiy mablag’ va texnikaviy madad ajratishni va’da qildi.
U, shuningdek, Rossiya qo’shinlarining Qrimga olib kirilishini “agressiya” deya qoraladi.
Jurnalistlar bilan uchrashgan Kerri Ukraina mojarosini bir tomonlama ravishda kuch ishlatib emas, balki diplomatiya va o’zaro hurmat orqali hal etish kerak, dedi.
“Biz ziddiyat tarafdori emasmiz. Rossiya Ukrainadagi qonuniy manfaatlarini yaxshiroq yo’l bilan himoya qilishi mumkin”, - dedi rasmiy
Agar Moskva masalani diplomatik yo’l bilan hal etmasa, AQSh va uning hamkorlari Rossiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan yakkalab qo’yadi, dedi AQSh davlat kotibi.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari 6-mart kunini Qrimdan harbiylarni olib chiqish uchun so’nggi muddat deya belgiladi. Aks holda Rossiyaga nisbatan jazo choralarini qo’llailadi, deya ma’lum qildi.