Prezident Barak Obama Ukraina bo’yicha erishilgan xalqaro kelishuv bu mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlaydi degan umidda. Kreml, deydi u, hukumat binolarini qamal qilgan rusparast namoyishchilarni tinchlantirish uchun javobgar.
Keskinlikni kamaytirish uchun qadamlar tashlanmasa, AQSh va Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi, ammo AQSh harbiylarini Ukrainaga yuborish haqida gap ketayotgani yo’q.
Rossiyaga qo’yilgan sanksiyalar uning iqtisodiyotiga ta’sir eta boshlagan. Yilning birinchi choragida atigi 0,8 foiz o’sish qayd etildi, ancha-muncha mablag’ mamlakatdan olib chiqilgan.
“Qo’shimcha sanksiyalar joriy etib, Rossiya xalqiga jabr qilishni istamaymiz. Vladimir Putin Jeneva bitimi ijrosini ta’minlasa bo’lgani. Ammo tajribadan bilamizki, bunga katta umid bog’lash to’g’ri emas”, - deydi AQSh rahbari.
Shu hafta Shveytsariyada Rossiya, Yevropa va AQSh tashqi ishlar vazirlari uchrashib, Ukraina sharqida to’qnashuvlarni bartaraf etish, harbiylar va namoyishchilar o’rtasida xunrezlikning oldini olish to’g’risida kelishuvga qo’l qo’ydi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari uning ijrosini yaqindan kuzatadi.
“Noqonuniy ravishda qurollangan to’dalar qurolini topshirishi, bosib olingan binolar egalariga qaytarilishi, ko’chalar va maydonlar bo’shatilishi lozim”, - deya bayon qildi Sergey Lavrov, Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Hujjatga ko’ra, namoyishchilar javobgarlikka tortilmaydi, lekin og’ir jinoyat sodir etganlar bundan mustasno.
Separatist kuchlar Ukraina sharqidagi kattayu-kichik o’nlab shaharlarda idoralarni qamal qilgan. Chegarada esa 40 ming rus askari joylashtirilgan. Qrim ssenariysi takrorlanadi degan vahima hukmron.
AQShning NATOdagi sobiq vakili Kurt Volker nazarida Jeneva kelishuvi biror narsani o’zgartirmaydi.
“Kreml Ukrainadagi voqealarni buzib ko’rsatishga, dunyo jamoatchiligini chalg’itishga, o’zi qilayotgan ishlarni yashirishga harakat qilayapti. Aminmanki, ular vaziyatni yumshatishga rozi bo’lgani hech narsani anglatmaydi, bilganini qilaveradi”, - deydi Volker.
Uning nazarida yagona yo’l – AQSh va NATO qat’iyat va kuchini namoyish etishi kerak. Prezident Obama Rossiyani jilovlash uchun aynan shu yo’lni tanlagan, biroq harbiylar ishga solinmaydi.
“Harbiy yo’l bilan hal bo’ladigan masala emas bu. Hozirgi maqsadimiz odamlarni qurolsizlantirish, hukumat binolarini qamaldan ozod etish va ukrainlar orasida dialog boshlash. Rossiya ishtirokisiz, Amerika ishtirokisiz”, - deydi Obama.
Ukrainani oldinda saylovlar kutayapti. Hukumat boshlagan islohotlar bu jamiyatda yashovchi barcha millatlar manfaatini ko’zlasin, deydi AQSh rahbari.