21-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus elchisi Devid Sapershteyn bilan uchrashdi.
Vashington respublikani ekstremizmga qarshi kurashda fuqaro huquqlarini buzmaslikka undab keladi. Toshkentga ko'ra esa terrorizm xavfini bartaraf etish uchun ko'riladigan choralar diniy bosim emas.
Muzokaralar haqida tomonlar ko'p ma'lumot bermadi lekin shunisi ma'lumki, Davlat departamenti O'zbekistonga "alohida xavotirga molik" mamlakat deb qaraydi.
Obama ma'muriyati nazarida tinchlikni ta'minlash va saqlash inson huquqlarini hurmat qilishdan boshlanadi va bu borada, deydi rasmiylar, respublikada muammolar ko'p.
BMT, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, inson huquqlari bo'yicha qator organlar, xususan "Human Rights Watch" va Xalqaro Amnistiya O'zbekiston hukumatini xalqaro normalarni buzganlikda tanqid qilib, tub islohotlarga undab keladi.
Your browser doesn’t support HTML5