Breaking News

Mustaqillik yillarida dindorlashgan Markaziy Osiyodagi bugungi xavotirlar


Bishkek, Qirg'iziston
Bishkek, Qirg'iziston

Markaziy Osiyo bo'ylab xavotirli xabarlar: O’zbekistonda “Islomiy davlat” tarafdorlari ustidan mahkamalar davom etmoqda. Qozog’istonda terror xurujlariga oid tahdid darajasi 2017 yilgacha uzaytirilgan. Qirg’izistonda diniy erkinlik toqatsizlik qo’zg’atmoqda. Tojikistonda muxolifatchilar aslida terrorchilar degan iddaolar.

Ekstremizm Markaziy Osiyo bo'ylab qaynoq masala
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:51 0:00

Yaqinda Dushanbeda o’tgan mintaqaviy konferensiyada Markaziy Osiyo yoshlari radikallashib borayotganining sabablari muhokama qilingan. Konferensiyada mintaqaning, O’zbekistondan tashqari, barcha davlatlaridan huquq tartibot xodimlari va ekspertlar qatnashgan.

Rossiyalik tahlilchi Arkadiy Dubnov nazarida Tojikistondagi vaziyat haqiqatda tashvishli.

“Tojikistondagi vaziyatning qaltisligi shundaki, Islomiy uyg’onish partiyasi mamlakatdagi an’anaviy islomning ko’rinishini taqdim etib kelayotgan edi. Ammo bu partiya yo’q qilindi. Amaldagi hukumatni siyosiy partiyaga boshlagan bu hujumini, mintaqada, Tojikistonda an’anaviy hisoblangan dinga qarshi qaratilgan bosim deb baholash mumkin. Ya'ni Tojikistonda islomni Markaziy Osiyoda azaldan an’anaviy bo’lib kelgan ko’rinishiga nisbatan bosim boshlanmoqda. Aksariyati musulmon bo’lgan aholida radikallashish, yashirin holatga o’tishdan boshqa imkoniyat qolgani yo’q. Agar qo’shni Afg’onistonda bu radikallashuvga ko’mak berishga tayyor turgan kuchlar borligi inobatga olinsa, bu yanada tahlikali ko’rinadi”, - deydi Dubnov.

Radikalizm tahdidi muhokama qilingan mintaqaviy konferensiyada O’zbekiston vakillari nega ishtirok etmadi, noma'lum. Shunisi ayonki, diniy ekstremizmga qarshi kurashda Toshkent o’ta shavqatsizligi bilan ajralib turadi.

Mamlakatda minglab musulmonlar qamoqda. Ko’plar muhojirlikka chiqib ketgan. Lekin radikal qarashlar kamaygani yo’q, aksincha o’sishda davom etmoqda.

Avvalroq Namanganda “Ismomiy davlat” guruhiga tarfadorlikda ayblanib bir guruh ozodlikdan mahrum qilingan edi. Yaqinda Samarqandda besh kishidan iborat yana bir guruh sudlangan. Ulardan uch nafari Rossiyadagi aeroportda Suriyaga ketishga hozirlik ko’rayotganlikda gumon qilinib, hibsga olingan. Guruh “Islomiy davlat” ga jangarilar yo’llashda yordam berayotganlikda ham ayblangan.

Huquq himoyachisi Bahrom Hamroyev Rossiyadagi mehnat muhojirlariga huquqiy yordam ko’rsatib keladi. Hamroyev mintaqa aholisi, xususan yoshlarda ham radikallik kuchayishida dindorlarga qarshi repressiv siyosat olib borayotgan hukumatlarni ayblaydi.

“Radikallar kimlar? Radikallar bu Islom Karimov, Imomali Rahmon tuzgan guruhlar. Agar O’zbekistonda radikallar bo’lganda edi, hozir Karimov taxtda o’tirmagan bo’lardi. Mana 25 yilda buyon bu xalq Karimovga bir tosh ham otgani yo’q-ku. Hamma ko’rib turibdi, radikal kimligini, endi xalq bu radikallardan voz kechishga harakat qilayapti. Bugun Imomali Rahmon mamlakatdagi diniy yetakchilarni qamayotgan ekan, bu vaqtincha o’z hukumatini umrini cho’zish uchun qilinayotgan urinish. Mintaqada albatta o’zgarishlar bo’ladi, bu o’zgarishni musulmonlar amalga oshiradi”, - deydi Hamroyev.

Mintaqada e’tiqod erkinligi Qirg’izistonda nisbatan yaxshiroq ahvolda deyiladi.

Qo'shni respublikalarda taqiqlangan “Tablig’i Jamoat”, “Hizb-ut-tahrir” kabi diniy tashkilotlar Qirg’izisonda qonuniy faoliyat yuritadi. Ammo so'nggi paytlarda bu nisbiy erkinlik keskin tanqid ostida. Dunyoviy qarashdagilar va dindorlar o’rtasida ziddiyat kuchaymoqda, deydi kuzatuvchilar.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG