Vyetnam AQShdan uning puliga katerlar sotib olmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter (chapda) Vyetnam Mudofaa vaziri general Fung Kuang Txan bilan hamkorlikka doir bitim imzolamoqda, Xanoy, Vyetnam, 1-iyun, 2015-yil

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter sohil chegarachilari uchun mo'ljallangan katerlarni sotib olishda Vyetnamga moliyaviy yordam taklif etmoqda. AQShda ishlangan katerlarni xarid qilish uchun Qo'shma Shtatlar 18 million dollar bermoqda.

Karter ikki davlat harbiy aloqalarini muhokama qilmoqda. U va uning vyetnamlik hamkasbi general Fung Kuang Txan bu boradagi hamkorlikni oshirishga qaratilgan bitim imzolagan.

Qo'shma Shtatlar Janubiy Xitoy dengizidagi hududlarga Xitoy bilan birga da'vo qilayotgan mamlakatlarga dengiz mudofaasi salohiyatini kuchaytirishda yordam bermoqda. Vashington nazarida Pekinning dengizdagi orollarni o'zlashtirishi mintaqa xavfsizligiga tahdid.

Karter 11 kun davomida hududdagi boshqa davlatlarda ham bo'ladi.