Afg'oniston va Amerika rasmiylari bugun Kobulda yuzma-yuz muloqot boshlab, 2014-yildan keyin xavfsizlik bobida hamkorlik haqida gaplashmoqda. AQShning qancha zobiti qoladi? Qancha baza faoliyatini davom ettiradi? Xorij qo'shinlari qaysi tomon qonunlari asosida ishlaydi? Mana shu savollar ko'rib chiqilmoqda.
Muzokara bir necha oy davom etishi mumkin. Aytish joiz, Qo'shma Shtatlar Iroq bilan shu mazmunda bir to'xtamga kela olmagani bois chet el zobitlari mamlakatdan butunlay chiqib ketgan edi.
Afg’oniy Barakzay vatanda, janubiy va sharqiy viloyatlarda oddiy aholi bilan ishlaydi, irrigatsiya tizimini qayta qurish va binolarni ta’mirlash loyihalari bilan mashg’ul. U band bo’lgan Markaziy Osiyo taraqqiyot guruhini (Central Asia Development Group) AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) moliyalab keladi.
Barakzay oxirgi 10 yilda Afg'onistonda erishilgan marralardan xursand. Ayniqsa, xotin-qizlar maktablarga qaytib, jamiyatning muhim a’zolari sifatida o’zini rostlay boshlagan. Aksariyat afg’onlar kabi mamlakat taraqqiyot va yutuq sari qadam tashladi, deya ishona boshlagan edim, deydi u.
Hozir taxminan 2,4 million qiz tahsil olish imkoniga ega. Amerika qo’shinlari ketgach, mana shu qizlar birinchi bo’lib ziyon ko’rishi aniq, deydi Barakzay.
Barakzay Amerikaga Ramsfeld dasturi orqali kelgan. Ramsfeld fondiga (Rumsfeld Foundation) 2007-yilda Amerika sobiq mudofaa vaziri Donald Ramsfeld asos solgan. Maqsadi – siyosat va biznesda yosh liderlarni qo’llab-quvvatlash.
“Bugun oilalar o’rtasida kelishmovchilikni hal qilishda xotin-qizlar qul qilib hadya etilgan holatlar kam emas. Har 10 ayoldan biri tug’uruq paytida jon beradi. Bevalar va ularning farzandlarini yegulikdan mahrum qilish odatiy manzara. Oilalarda ayollar zo’rlab, kaltaklanadi, sudlar esa ularni himoya qilishga ojiz. Qizlar orasida o’z joniga qasd qilishga urinishlar yil-sayin ko’payib borayapti. Kislota bilan hujum qilish, ezib, mayib qilishlar ayniqsa dahshatli”, - deydi Barakzay.
Uning so’zlariga qaraganda, Nuriston, Qunduz va Badg’is viloyatlarida Tolibon alohida mahkamalar tuzib, ayollarni qatl etishga kirishgan. 2010-yilda Sidiqa ismli ayol jangarilar ruxsatisiz turmushga chiqqani uchun toshbo’ron qilingan. O’sha yili beva ayol bir erkak bilan aloqa qilgani uchun savalanib, so’ng otib o’ldirilgan. Jangarilar yana bir ayolni nomaqbul fe’l-atvorda ayblab, burni va qulog’ini kesgan.
Toliblar kuchga to’lgani sari bu manzara odatiy tus olmoqda, deydi afg’onistonlik mutaxassis.
“Mamlakatda ahvol og’irlashdimi, Eron va Pokistonga bosh olib ketayotgan afg’onlar oqimi oshishi aniq”, - deydi Afg’oniy Barakzay. “Holbuki, bu ikki davlatda qochqinlar turmushi shundog’am og’ir. Pokiston hukumati qochqinlarga bergan hujjatlar 31-dekabrda eskiradi va minglab afg’onlar uchun ish, ta’lim eshiklari yopiladi. Eronda hayot qiyin ekani sababli joriy yil qariyb 200 ming afg’on qochqini vatanga qaytishga majbur bo’lgan”.
Shu bilan birga, deydi Ramsfeld stipendiati, xalqaro qo’shinlar Afg’onistondan chiqar ekan, mahalliy shifokor va muhandislar xavfsizroq makon izlab, vatanni tark etishi ehtimoldan xoli emas.
“Muallimlar masalasiga kelsak, 2009-yilgi hisoblarga ko’ra, Afg’onistonda o’qituvchi kadrlarning faqat 75 foizi maktabni bitirgan. O’sha yili xavfsizlik nuqtai nazaridan 467 maktab yopilib, o’n minglab bolalar ta’limdan uzilib qolgan. Bu sharoitda o’qimishli afg’onlar oilasi bilan vatandan bosh olib ketayotganiga hayron qolmang”, - deydi Afg’oniy Barakzay.
Uning xulosasi shuki, yaqin bir necha yilda korrupsiya muammosini hal qilib, xavfsizlikni ta’minlash mumkin. Lekin ta’limni yaxshilash 15-20 yil talab qiladi.
Yechim bor, deydi Barakzay. Ta’lim sistemasini reforma qilaylik, kelajak garovi sanalmish o’qimishli kadrlarni tayyorlaylik.
Buning uchun esa maktablar, muallimlar, o’quvchilar va ularning oilalari himoyasi uchun muhim bir oshkora va ishonchli tizimni yaratishda Qo’shma Shtatlar yordami zarur, deydi u.
Mutaxassis o’quv dasturlarida e’tibor muhandislikka qaratilsin, deydi. Chunki Afg’onistondan ketishga shaylanayotgan xorijlik kadrlar o’rnini bosadigan mahalliy ekspertlarni tarbiyalash kerak.

Your browser doesn’t support HTML5