O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida AQSh va Kanadadagi o’zbek jamoalarining rahbarlari to’planib, elchixona bilan hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashdi. Aytish joiz, bunday yig’in ilk bor o’tmoqda. Birinchi uchrashuv tanishuvdan iborat bo’ldi.
Xorijda yashovchi o’zbek jamoalari uchun bu tarixiy voqea. O’zbekiston elchixonasi faoliyatining dastlabki yillarida muhojir vatandoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazilmas, hatto, ular bilan aloqadan qochilar edi.
Bunga sabab 1990-yillarda Amerikaga kelgan o’zbekistonliklar orasida muxolifat vakillarining borligi hamda xorijda yashovchi vatandoshlarga bo’lgan sovuq munosabatning Sovet davridan meros bo’lib qolgani edi.
50 yildan ortiq tarixga ega Turkiston-Amerika uyushmasi va buxorolik yahudiylar tashkiloti bundan mustasno edi. Chunki ular ichki siyosatga aralashmas, munosabatlar esa, asosan, madaniy yo’nalishlarda olib borilar edi.
Biroq so’nggi 10 yilda Amerikada o’zbeklar ko’payar va shu bilan birga o’zbek tashkilotlarining soni ham oshar ekan, ular bilan aloqalarni o’rnatish, hamkorlik qilish zarurati tug’ildi.
Shu maqsadda jamoalar rahbarlari bilan tanishish va tashkilotlar haqida ma’lumot olish uchun Vashingtondagi elchixonada Konstitutsiya kuniga barobar uchrashuv uyushtirildi.
Elchi Ilhom Ne’matovning kirish so’zidan so’ng Nyu-York, Chikago, Nyu-Jersi va Kanadadan kelgan vakillar o’z jamoalari, qilinayotgan ishlar, rejalar va ehtiyojlari bilan o’rtoqlashdi.
Turkiston-Amerika uyushmasi raisi Abdulla Ho’ja tadbir g’oyasini olqishlab, millat birligiga urg’u berdi.
Uchrashuvga Kanadadagi o’zbek jamoasi rahbarlari ham tashrif buyurdi. Faxriddin Xudoyqulovning aytishicha, bu yurtda ham o’zbeklar ko’paymoqda. Xudoyqulov elchixona va O’zbekiston hukumatidan xorijdagi vatandoshlarga ta’lim sohasida yordam so’radi.
Chikagodagi jamoa rahbari Sirojiddin Nasafiy nazarida muhojirlar AQSh fuqaroligini olgandan so’ng ham o’z madaniyati, tili va dinini saqlab qolishi zarur va bu ishda jamoaning roli katta.
Nyu-Yorkda joylashgan Buxoro yaduhiylarining AQSh va Kanada uyushmasi rahbari Boris Kandov 1996-yilda ishga tushgan tashkilotining tajribasi haqida so’zlab berdi.
Kandov o’zbek jamoalari bilan hamkorlikka, yaqindan yordam qilishga va’da berdi.
Vashingtondagi ilk uchrashuv tanishuv bo’lgani uchun unda aniq rejalar, kelajakdagi loyihalar haqida gap bormadi. Biroq, deydi O’zbekiston elchisi Ilhom Ne’matov, kelajakda bu jamoalar bilan faol hamkorlik qilish ko’zda tutilgan.

Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5