O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi Nyu-Yorkda sakkiz kishining hayotiga zomin bo'lgan terakt yuzasidan bayonot chiqardi. Hujumni sodir etgan shaxs Sayfullo Soipov voqea joyida politsiya o'qidan yaralangan va hozir kasalxonada.
"O'zbekiston elchixonasi 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir etilgan qabih va shafqatsiz teraktda halok bo'lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi", - deyiladi bayonotda.
Soipov grin karta bilan 2010-yilda AQShga kelgan, ammo O'zbekiston fuqaroligiga ega ekani taxmin qilinadi. Elchixona u haqda to'liq ma'lumot berishni so'rab, O'zbekiston huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganini bildirmoqda.
AQShda shu paytgacha bir necha o'zbekistonlik terrorizmda ayblanib qamalgan, lekin O'zbekiston hukumati munosabat birdirgan emas. Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ham qurbonlarning oilalariga ta'ziya izhor etdi.