Mustaqil jurnalistlar va huquq himoyachilariga ko'ra, so’z erkinligi keskin ta’qib ostida qolayotgan O’zbekistonda matbuot soni oshgani bilan, sifat juda past. So’nggi yillarda bir necha gazeta faoliyati to’xtatilgan.
Yangi ish boshlayotgan nashrlar faqat oldi-qochdi, sayoz mavzularga qo’l urmoqda. Faollarga ko’ra, bunga sabab so’z erkinligining yo’qligidir.
O’zbekiston matbuot va axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, 2012-yilning dekabr holatiga ko’ra, mamlakatda OAVlar soni 1300dan oshgan.
Dunyoda so’z erkinligi dushmani sifatida tanilgan O’zbekistonda bosma va elektron nashrlar, radio va televideniye sonining o’sib borayotgani mustaqil jurnalistlar tomonidan tashvishli tendensiya sifatida baholanadi.
Ijtimoiy-siyosiy mavzularni yorituvchi bir guruh gazetalar hukumat siyosatini qo’llab kelayotgan bo’lsa, nashrlarning qolgan katta qismi o’z sahifalarini turli oldi-qochdi, sayoz mavzudagi materiallar bilan to’ldiradi. Bu esa o’z navbatida mamlakatdagi ko’plab jurnalistlarni sariq matbuot vakillariga aylantirmoqda.
Huquq faoli, jurnalistika sohasida ilmga ega Bahodir Eliboyev fikricha, malakali kadrlarni tayyorlash haqida ko’p gapiruvchi hukumat avvalo imkoniyat yaratib berish lozimligini esdan chiqarmoqda.
“Gap malakali jurnalistlarni tayyorlashda emas, balki senzuraning mavjudligidadir. Kadrlarni professional ravishda tayyorlaymiz, deyishyapti. Lekin jurnalist bo’lish uchun mavjud fakultetlarda tahsil olishning o’zi ham yetarli. Lekin gap bunda emas. Yaxshi maqola yozgan bilan, bu maqola dunyo yuzini ko’rmasa, professional jurnalist bo’lishdan nima foyda”, - deydi u.
O’zbekiston matbuot va axborot agentligi ma'lumotiga ko’ra, mavjud ommaviy axborot vositalarining 1000ga yaqinini gazeta-jurnallar, 200 tasini internet nashrlari, 100ga yaqinini radio-televideniye tashkil etadi. Mamlakat matbuotining yarmidan ko’pi nodavlat nashrlardan iborat.
“Matbuot sonining 1300dan oshishi hech narsani anglatmaydi. Bu nashrlarning aksariyati faqat internetdan turli tarjimalar berib, o’z auditoriyasini aldash bilan shu’gullanib kelyapti, xolos. Siyosiy tuzum shu ahvolda ekan, matbuot soni 10 mingga yetganda ham hech narsa o’zgarmaydi”, - deydi Bahodir Eliboyev.
O’zbekistonda jurnalistika fakultetlaridan tashqari, jurnalistlar uchun oliy o’quv kurslari ham tashkil etilgan. Jurnalistlar Oliy kursi mutaxassislik malakasini yanada mukammallashtirishni maqsad qiladi. Hozirgacha jurnalistika Oliy kursini yuzlab qalam sohiblari bitirib chiqqan. Ammo bu bitiruvchilarning o’zbek matbuotida biror jiddiy maqola bilan chiqish qilib yangilik yaratgani ko’zga tashlanmaydi.
“Avvalgi mavjud gazetalar, deylik “Hurriyat”, “Mohiyat”, “Mustaqil gazeta” kabi nashrlarning birinchi sonlari bilan hozirgi matbuotni qiyoslaydigan bo’lsak, bugungi kunda jiddiy tahlilning o’zi yo’qligini ko’ramiz. Aytmoqchimanki, bir necha yillar avval ozgina tanqidiy chiqish bilan tanilgan gazetalarga bugun muqobil bo’ladigan nashrlarning o’zi qolmagan”, - deydi Eliboyev.
Kuzatuvchilar nazarida, matbuot faolligi bo’yicha 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida mintaqada yetakchi o’rinda bo’lgan O’zbekiston so’nggi o’n yillikda mustaqil jurnalistlarni ta’qib ostiga olish, qamash va so’z erkinligini bo’g’ish bo’yicha regionning birinchi raqamli davlatiga aylangan.
Your browser doesn’t support HTML5