O’zbekistonda paxta terimi va majburiy mehnat - Toshkentda shu mavzuda konferensiya o'tdi. Unda BMT qoshidagi Xalqaro Mehnat Tashkiloti, boshqa agentliklar, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqi vakillari qatnashdi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti paxta dalalaridagi ahvolni ko’zdan kechirish uchun O’zbekistonga kiritilmay keladi. Konferensiya nimaga yetaklaydi, bu hozircha mavhum. Qatnashchilar bu borada og'iz ochmayapti.
Paxta terimidagi majburiy mehnatga oid bu anjuman huquq himoyachilarining muntazam noroziligi va G’arb davlatlari vositasidagi uzoq muzokaralar natijasida yuzaga kelgan.
Inson huquqlari tashkilotlari bir necha yildan buyon O’zbekiston hukumatidan mamlakatdagi vaziyatni o’rganish uchun Xalqaro Mehnat Tashkiloti kuzatuvchilariga ruxsat berilishini talab qilib keladi. Respublika xalqaro majburiyatlarini ado etishi kerak, deya eslatadi ular.
O’tgan yildan boshlab maktab o’quvchilarini paxta terimiga safarbar qilish tajribasidan voz kechgan hukumat bu masala yuzasidan gaplashishga rozilik bergan ko’rinadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Paxta terimidagi majburiy mehnatga oid bu anjuman huquq himoyachilarining muntazam noroziligi va G’arb davlatlari vositasidagi uzoq muzokaralar natijasida yuzaga kelgan.
Inson huquqlari tashkilotlari bir necha yildan buyon O’zbekiston hukumatidan mamlakatdagi vaziyatni o’rganish uchun Xalqaro Mehnat Tashkiloti kuzatuvchilariga ruxsat berilishini talab qilib keladi. Respublika xalqaro majburiyatlarini ado etishi kerak, deya eslatadi ular.
O’tgan yildan boshlab maktab o’quvchilarini paxta terimiga safarbar qilish tajribasidan voz kechgan hukumat bu masala yuzasidan gaplashishga rozilik bergan ko’rinadi.
Paxtazorlardagi holatni monitoring qilib kelayotgan O’zbekiston-Germaniya forumi rahbari Umida Niyozova fikricha bu anjuman oqibatida XMT tashkilotiga ruxsat berilmasa kerak.
“Men XMT bu yil O’zbekistonga kiritilmaydi deb o’ylayman. Bu konferensiya hukumatni amalga oshmaydigan loyihalar tuzish bo’yicha yuritayotgan siyosatining davomi, xolos. Haqiqy vaziyatda o’zgarish qilmaydi. Hukumat majburiy mehnat muammosi yo’qligini, huquq himoyachilari pul uchun o’z mamlakatlarini tanqid qilib, shovqin ko’tarishayotganini aytadi. Agar hammasi joyida ekan, unda nega XMT mutaxassislarini mamlakatga kirishiga ruxsat bermayapti? O’zbekistonda paxta sanoati mutlaq davlat nazoratida, paxta sotuvidan faqat bir guruh - amaldorlargina foyda ko’radi, paxta terimi uchun xarajat esa oddiy xalq zimmasiga yuklatilgan. O’qituvchi, shifokor, buxgalter, talaba, xullas paxtaga aloqasi bo’lmagan millionlab odamlar har yili o’z vaqtini va kuchini sarflab paxta terishga majbur”, - deydi Niyozova.
O’zbekiston-Germaniya forumi yaqinda majburiy mehnatga doir navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Hisobotda aytilishicha, o’tgan yili maktab o’quvchilari dalaga olib chiqilmagan bo’lsada, o’qituvchilarining sal kam 60 foizi paxta tergan.
Umida Niyozova deydiki, O’zbekiston paxta sanoati va umuman tizim keskin islohatlarga muhtoj. Buning uchun esa siyosiy iroda yetishmaydi.
“Hukumat o’tgan yilgi mavsumda xalqaro bosimlar bois bolalarni paxta dalasiga chiqarmaslikka qaror qildi. Ammo paxtani majburan terg’izish tizimi o’zgarishsiz qoldi. Endi hukumat o’zini tinch qo’yishlarini istamoqda. Go’yo maktab o’quvchilari paxtada ishlamasa muammo yo’qdek. Qonunlarimiz nafaqat bolalar, kattalarni ekspluatasiya qilishni ham taqiqilaydi. Hukumatdagilar biror o’zgarish qilishdan manfaatdor emas, chunki hozirgi tizimda istalgan odamni paxta dalasida ishlatishlari, istalgan fermerni kaltaklashlari mumkin, odamlarni shu darajada qo’rqitib qo’yishdiki, ulardan biror norozilik kutish mumkin emas”, - deydi Niyozova.
O’zbekiston paxta xom ashyosi yetishtirish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarda turadi. Fermerlar paxtani daromad uchun emas, davlat buyurtmasi bo’lgani uchun ekadi. Hosilni terish va sotish hukumat vakolatiga kiradi.
Qishloq xo’jaligida paxta terish mashinalari deyarli yo’q. 4 million tonnaga yaqin hosil asosan qo’lda o’quvchilar, talabalar, tashkilot va korxona xodimlarini safarbar qilish orqali teriladi.
Faollarga ko’ra ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan bir paytda majburiy mehnat muammosini fermerlarga erkinlik berish, paxta va terim uchun haqni bozor bahosida to’lash orqali yechish mumkin.