O’zbekistonda mustaqillikning 21 yilligi nishonlamoqda. Istiqloldan oldin va uning ilk kunlaridan beri davlat tepasida qolayotgan Islom Karimov tantana kuni ulkan yutuqlar haqida axborot berdi.
An’anaga ko’ra, prezident har yili ishga tushishga hozir yangi binolar bilan tanishadi, poytaxtni ziyorat qiladi, milliy ozodlik harakati qurbonlarini xotirlaydi. Mustaqillik davri nafaqat qatag’on qurbonlari xotirasi tiklanishi, balki yangi qatag’onlar bilan, muxolif qarashlarni siqib chiqarish bilan ham kuzatildi. Mustaqil bu yurtda aksariyat aholi erkinlikdan bebahra qolayotgani ta’kidlanadi.
Islom Karimov O’zbekiston xalqini bayram bilan qutlab, baxtiyor ekanini izhor etdi.
“Ishonaman, asrlar, zamonlar o’tadi, ammo barchamizga o’zligimizni anglash, insoniy sha’nimizni, qadr-qimmat, o’z yurtimizga egalik qilish huquqini, dinimiz, qadriyatlarimizni qaytarib bergan bu ulug’ ayyom vatanimiz tarixida oltin sahifa bo’lib abadiy saqlanib qoladi”, - dedi prezident o’z chiqishida.
Mustaqillik tantanalari oldidan har yili xavfsizlik choralari kuchaytirilib, poytaxt mardikorlardan tozalanadi, tantanalar o’tayotgan shahar markazi oddiy aholi uchun mutlaqo yopib qo’yiladi. Busiz ham fuqarolar orasida mustaqillik tantanalariga qiziqish kuchli deyish qiyin.
Prezident o’z chiqishida mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortayotgani, O’zbekiston xalqaro hamjamiyatning to’laqonli va teng huquqli a’zosiga aylangani haqida gapirdi.
“Zamonaviy, rivojlangan, demokratik davlatlar safiga kirish, fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodimizni modernizatsiya qilish kabi sohalarda erishgan yutuqlarimiz xalqaro maydonda e’tirof etilayotganini, vatanimiz salohiyati, intellektual kuch-qudratimiz tobora oshib, qolaversa, shahar va qishloqlarimiz tobora chiroy ochib borayotganini bugun hech kim inkor eta olmaydi”, - dedi Karimov.
Faollar fikriga ko’ra, mustaqillikning qisqa 21 yillik tarixi davomida O’zbekiston xalqaro hamjamiyatning eng repressiv a’zolaridan biri sifatida nom qozondi. Mustaqilllik bilan birga kirib kelgan erkinliklar rejim mustahkamlanishi barobarida butkul yo’qotildi. Mamlakatda so’z erkinligi, fuqarolik jamiyati tugatildi, muxolifat vakillari quvg’inga uchradi.
Bugun xorijda faoliyat yuritishga majbur muxolifat nazarida mustaqillik davrida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat mutlaqo izdan chiqqan. O’zbekiston Xalq Harakati shu munosabat bilan tarqatgan bayonotida xalq ozod emasligi ta’kidlanadi.
“Mustaqil davlat sifatida dunyo geografiyasida, siyosatida o’z o’rnini egallagani juda muhimdir. O’zbekiston dunyoning eng zolim davlatlaridan biriga aylanib qoldi. Biz bayonotimizda shunga e’tibor qaratmoqdamiz. Erkinlik bo’lmasdan, diktatura hukmron bir sharoitda, fuqarolik jamiyatini rivojlantirmasdan, mustaqil davlat qurib bo’lmaydi“, - deydi harakat faoli Namoz Normo’min.
Xorijdagi muxolif tashkilotlardan yana biri, “Birdamlik” harakati o’ziga xos norozilik aksiyasini o’tkazish tashabbusi bilan chiqqan.
“Tashkilotning faollarga, aholiga murojaati chiqdi: rejimga qarshi noroziliklarini oq libos orqali ifoda etish. Bu aksiya 10 kun davom etadi. Shaxsan men oilam, farzandlarim bilan ertadan boshlab noroziligimizni shu tariqa bildirib, ko’chaga chiqishga harakat qilamiz”, - deydi harakatning O’zbekistondagi faoli Malohat Eshonqulova.
Uningcha, oddiy aholi orasida bayram kayfiyati sezilayapti deyish qiyin.
“Odamlar mustaqillik haqida o’ylagani ham yo’q. Tirikchilik bilan ovora. Nega? Nazarimda agar mustaqillik tom ma’noda aholiga farovonlik olib kelganda edi, odamlar bajonidil, ikki qo’llab nishonlagan bo’lardi. Hozir esa asosiy tashvish tirikchilik”, - deydi u.
Milliy bog’da, tantanalarda so’zlar ekan, Karimov mustaqillik yillarida aholi turmush darajasi keskin ko’tarilgan, mamlakatdagi har uch oiladan bittasida yengil mashina bor, avval bu ko’rsatkich har 10 oiladan bittasiga to’g’ri kelgan, dedi.

Your browser doesn’t support HTML5
Xorijdagi muxolif tashkilotlardan yana biri, “Birdamlik” harakati o’ziga xos norozilik aksiyasini o’tkazish tashabbusi bilan chiqqan.
...demokratik davlatlar safiga kirish, fuqarolik jamiyati qurishda... erishgan yutuqlarimiz xalqaro maydonda e’tirof etilayotir...Islom Karimov