O’zbekiston hukumati kutilmaganda huquq himoyachilariga siyosiy mahbuslar bilan uchrashishga ruxsat bergan. So’nggi paytda siyosiy mahbuslar taqdiri va qamoqxonadagi qiynoqlar yuzasidan xavotirlar kuchaygan edi.
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatidan Vasila Inoyatova va Abdurahmon Tashanov Qashqadaryo viloyatidagi turmada o'tirgan mustaqil jurnalistlar Solijon Abdurahmonov va Dilmurod Sayyid hamda huquq himoyachisi A’zam Turg’unov bilan ko’rishgan.
O’zbekiston mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov esa Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi qamoqxonada uzoq yillik siyosiy mahbus Murod Jo’rayev bilan uchrashgan.
Bu insonlar taqdiri haqida tinimsiz bong urib kelayotgan "Human Rights Watch" inson huquqlari tashkiloti, Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro organ, vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) "Amerika Ovozi" ga bildirishicha, O’zbekiston hukumati tashqi bosimga javob berayotgan bo'lishi mumkin.
O'tgan oylar ichida BMT Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi, Inson huquqlari qo'mitasi hamda AQSh va Yevropa Ittifoqi Toshkentga huquq masalasi, xususan qamoqxonalardagi ahvol yuzasidan o'z taklif va talablarini kiritib, vaziyat yaxshilanmayotganining sababi ma'muriyatning siyosiy irodasizligidir deb keladi.
"Ezgulik" vakili Abdurahmon Tashanov fikricha siyosiy mahbuslar taqdiri yuzasidan AQSh hukumati va xalqaro tashkilotlar bildirayotgan xavotirlar o'ziga xos ahamiyatga.
“Uchrashuv menda yaxshi taassurot qoldirdi, chunki bungacha ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar odamda qandaydir bir tushkun kayfiyat qoldirardi... Lekin qamoq baribir o’z oti bilan qamoq. Solijon aka ham, A’zam aka ham 60 oshgan, o’ziga yarasha ruhiy tushkunligi bor, lekin umuman olganda, so'g'lig'idan shikoyat qilishmadi. Men atay qayta so’radim ularni biz bilan uchrashuvga tayyorlashgandir deb, lekin yo’q. Bu yerda asosan ularning ozodligini talab etgan AQSh senatorlari murojaati ham muhum o’ringa ega, Shuning uchun ham uchalasi bilan uchrashishga ruxsat berishdi”, - deydi Tashanov.
2009-yilda tovlamachilikda ayblanib, 12,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan jurnalist Dilmurod Sayyid qamoqxonadan chiqargan so’nggi xatida hayotdan umidini uzgani haqida yozgan edi.
Mustaqil juranlist Solijon Abdurahmonov 2008-yilda giyohvand moddalar savdosida ayblanib, 10 yilga qamalgan. Abdurahmonov 60 yoshini qamoqxonada qarshiladi. O'tgan yili sog’lig’i yomonlashib, Toshkentdagi maxsus muassasada davolangan edi.
“Mazlum” inson huquqlari tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritgan A’zam Turg’unov ham 2008-yilda yulg’uchlikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Tanqidiy maqolalari va chiqishlari bilan tanilgan bu shaxslarning qamalish sababi ularning faoliyatida ko’riladi.
G'arb buni biladi. O'zbekiston bu davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi ekan, ularning talablariga ozgina bo'lsa ham ko'nishga majbur, deydi kuzatuvchilar.
“Menimcha, bu jarayonlar xalqaro bosimlar ortishi ortidan sodir bo’layapti. Yaqinda mana Yevropa Ittifoqi maxsus vakili Patritsiya Flor muzokaralr o’tkazib ketdi. Undan avval AQSh rasmiylari... O’zbekiston ma’lum darajada AQSh va Yevropa bilan siyosiy integratsiyaga borayapti. Buning asosiy sharti esa vaziyatni yumshatish... Demokratik davlatlar baribir o’z talabini qo’yadi ”, - deydi Abdurahmon Tashanov.
Surat Ikromov Chirchiqdagi turmada Murod Jo’rayev bilan kechgan uchrashuvni shunday tasvirlaydi:
“Murod Jo’raevni avval ko’rmaganman, birinchi ko’rishimda u 60 oshgan odam emas, balki 80 yoshlarga yaqinlashgan kishidek taassurot qoldirdi. Juda qarib qolgan, sochlari to’kilib ketgan, ozg’in, ajinlari ko’p, tishlari ham tushib ketgan, lekin gapirishi tetik. Gaplashib o’tirdik, ikki yildan buyon qon bosimi juda baland ekan, yuragi ham og’rib turarkan. 60 ga kirguncha g’isht zavodida ishlagan ekan”, - deydi Ikromov.
Murod Jo'rayev 1990-yillar boshida ko'zga ko'ringan, dadil va demokratik ruhdagi deputat bo'lgan. O'z chiqishlarida prezident Islom Karimovni ochiqdan-ochiq tanqid qilib, uni yakkahokimlikka intilayotganlikda qoralagan.
Hokimyatni noqonuniy egallash harakatida ayblanib qamalgan Murod Jo’rayevning jazo muddati qamoqda to’rt bor uzaytirildi. 1995-yildan beri qamoqxonada saqlanayotgan Murod Jo’rayev 2012-yilda qo’shib berilgan so’nggi jazo muddatiga ko’ra 2016-yilga borib ozodlikka chiqishi kerak. U - respublikada panjara ortida eng uzoq davrdan beri o'tirgan siyosiy mahbus.
Surat Ikromov taxminicha, hukumat yaqin orada yuqorida tilga olingan insonlar taqdiri yuzasidan biror qarorga kelishi mumkin.
“Oxirgi paytda talablar kuchayishi ortidan ular siyosiy mahbuslar masalasida qaror qabul qilishmoqchi. Menimcha bunga prezidentning shaxsan o’zi qo’shilgan bo’lsa kerak. Har holda ularning ozodligi masalasida bir qarorga kelishsa kerak. Chunki menga 10 yillik faoliyatim davomida biror marta qamoqxonaga kirib siyosiy mahbuslar bilan uchrashishimga ruxsat berishmagan. Bo’lmasa bungacha bir necha bor murojaat qilganman”, - deydi Surat Ikromov.
BMT, AQSh, Yevropa Ittifoqi va turli xalqaro tashkilotlar O'zbekistondagi vaziyatni tanqid qilganida, siyosiy mahbuslarni biror shartsiz ozodlikka chiqarishga chaqiriib keladi.
Ayrim huquqbonlar nazarida Toshkentning so'nggi qadamlarini baholashga hali erta. Karimov ma'muriyati siyosiy mahbuslar yo'q deb keladi. Qamoqdagi aybi isbotlangan jinoyatchilar, deydi rasmiylar. Bu mahbuslarning shartsiz qo'yib yuborilishiga ishonch past. Hukumat jamoatchilikni chalg’itish maqsadida bu insonlar bilan uchrashishga ruxsat berib, tashqi dunyoga mana siz kuyunayotgan "siyosiy mahbuslar" sog'-omon deb ko'rsatib qo'ymoqchi xolos, deya bildiradi vaziyatni kuzatib turgan ba'zi faollar.
Your browser doesn’t support HTML5
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatidan Vasila Inoyatova va Abdurahmon Tashanov Qashqadaryo viloyatidagi turmada o'tirgan mustaqil jurnalistlar Solijon Abdurahmonov va Dilmurod Sayyid hamda huquq himoyachisi A’zam Turg’unov bilan ko’rishgan.
O’zbekiston mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov esa Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi qamoqxonada uzoq yillik siyosiy mahbus Murod Jo’rayev bilan uchrashgan.
Bu insonlar taqdiri haqida tinimsiz bong urib kelayotgan "Human Rights Watch" inson huquqlari tashkiloti, Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro organ, vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) "Amerika Ovozi" ga bildirishicha, O’zbekiston hukumati tashqi bosimga javob berayotgan bo'lishi mumkin.
O'tgan oylar ichida BMT Qiynoqlarga qarshi qo'mitasi, Inson huquqlari qo'mitasi hamda AQSh va Yevropa Ittifoqi Toshkentga huquq masalasi, xususan qamoqxonalardagi ahvol yuzasidan o'z taklif va talablarini kiritib, vaziyat yaxshilanmayotganining sababi ma'muriyatning siyosiy irodasizligidir deb keladi.
"Ezgulik" vakili Abdurahmon Tashanov fikricha siyosiy mahbuslar taqdiri yuzasidan AQSh hukumati va xalqaro tashkilotlar bildirayotgan xavotirlar o'ziga xos ahamiyatga.
“Uchrashuv menda yaxshi taassurot qoldirdi, chunki bungacha ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar odamda qandaydir bir tushkun kayfiyat qoldirardi... Lekin qamoq baribir o’z oti bilan qamoq. Solijon aka ham, A’zam aka ham 60 oshgan, o’ziga yarasha ruhiy tushkunligi bor, lekin umuman olganda, so'g'lig'idan shikoyat qilishmadi. Men atay qayta so’radim ularni biz bilan uchrashuvga tayyorlashgandir deb, lekin yo’q. Bu yerda asosan ularning ozodligini talab etgan AQSh senatorlari murojaati ham muhum o’ringa ega, Shuning uchun ham uchalasi bilan uchrashishga ruxsat berishdi”, - deydi Tashanov.
2009-yilda tovlamachilikda ayblanib, 12,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan jurnalist Dilmurod Sayyid qamoqxonadan chiqargan so’nggi xatida hayotdan umidini uzgani haqida yozgan edi.
Mustaqil juranlist Solijon Abdurahmonov 2008-yilda giyohvand moddalar savdosida ayblanib, 10 yilga qamalgan. Abdurahmonov 60 yoshini qamoqxonada qarshiladi. O'tgan yili sog’lig’i yomonlashib, Toshkentdagi maxsus muassasada davolangan edi.
“Mazlum” inson huquqlari tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritgan A’zam Turg’unov ham 2008-yilda yulg’uchlikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Tanqidiy maqolalari va chiqishlari bilan tanilgan bu shaxslarning qamalish sababi ularning faoliyatida ko’riladi.
G'arb buni biladi. O'zbekiston bu davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi ekan, ularning talablariga ozgina bo'lsa ham ko'nishga majbur, deydi kuzatuvchilar.
“Menimcha, bu jarayonlar xalqaro bosimlar ortishi ortidan sodir bo’layapti. Yaqinda mana Yevropa Ittifoqi maxsus vakili Patritsiya Flor muzokaralr o’tkazib ketdi. Undan avval AQSh rasmiylari... O’zbekiston ma’lum darajada AQSh va Yevropa bilan siyosiy integratsiyaga borayapti. Buning asosiy sharti esa vaziyatni yumshatish... Demokratik davlatlar baribir o’z talabini qo’yadi ”, - deydi Abdurahmon Tashanov.
“Murod Jo’raevni avval ko’rmaganman, birinchi ko’rishimda u 60 oshgan odam emas, balki 80 yoshlarga yaqinlashgan kishidek taassurot qoldirdi. Juda qarib qolgan, sochlari to’kilib ketgan, ozg’in, ajinlari ko’p, tishlari ham tushib ketgan, lekin gapirishi tetik. Gaplashib o’tirdik, ikki yildan buyon qon bosimi juda baland ekan, yuragi ham og’rib turarkan. 60 ga kirguncha g’isht zavodida ishlagan ekan”, - deydi Ikromov.
Murod Jo'rayev 1990-yillar boshida ko'zga ko'ringan, dadil va demokratik ruhdagi deputat bo'lgan. O'z chiqishlarida prezident Islom Karimovni ochiqdan-ochiq tanqid qilib, uni yakkahokimlikka intilayotganlikda qoralagan.
Hokimyatni noqonuniy egallash harakatida ayblanib qamalgan Murod Jo’rayevning jazo muddati qamoqda to’rt bor uzaytirildi. 1995-yildan beri qamoqxonada saqlanayotgan Murod Jo’rayev 2012-yilda qo’shib berilgan so’nggi jazo muddatiga ko’ra 2016-yilga borib ozodlikka chiqishi kerak. U - respublikada panjara ortida eng uzoq davrdan beri o'tirgan siyosiy mahbus.
Surat Ikromov taxminicha, hukumat yaqin orada yuqorida tilga olingan insonlar taqdiri yuzasidan biror qarorga kelishi mumkin.
O’zbekiston hukumati tashqi bosimga javob berayotgan bo'lishi mumkin.Stiv Sverdlov, "Human Rights Watch" huquq tashkiloti vakili