O’zbekiston hukumati BMT Inson huquqlari kengashi minbaridan turib, mamlakatda siyosiy mahbuslar yo’q deya iddao qilayotganiga qaramasdan so’nggi haftalar ichida muxolifatchilar, huquq himoyachilari va mustaqil jurnalistlar ustidan bosim yanada kuchaygan.
O’zbekiston Mardikorlar kasaba uyushmasi tashkilotchilaridan biri, muxolifatdagi “Erk” partiyasi faoli Faxriddin Tillayev qo’shni ayolning shikoyati asosida 15 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingan. 19-sentabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida o’tgan sud Tillayevni “bezorilik”dan tashqari “internet orqali noto’g’ri ma’lumotlar tarqatish”da ham aybdor deb topgan.
Tillayevning safdoshlari nazaridad tazyiqlar Mardikorlar kasaba uyushmasi faoliyati bilan bog’liq.
Tillayev Yuliya ismli qo’shni ayol uning uyiga yalong’och holda bostirib kirgani haqida jamoatchilikni ogohlantirib, unga qarshi uydirma qilishlari mumkin ekani haqida aytgan edi.
Bu majoro faollar ustidan noma’lum ayollar qilayotgan ilk da’vo emas.
Xorazm viloyati Urganch shahrida mustaqil jurnalist Sergey Naumov ham ko’chada bir juvonga tegajoqlik qilish aybi bilan 12 kunlik qamoq jazosiga tortilgan.
Odam savdosida ayblanib 4 yillik qamoqqa hukm qilingan huquq himoyachisi Bobomurod Razzoqov ham bir ayol tomonidan berilgan ariza asosida hibsga olingan edi.
O’zbekistonda inqilob qilishga undayotgan “Birdamlik” demokratik harakati rahbari Bahodir Choriyevning otasi Hasan Choriyev esa Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida jinsiy tajovuzda ayblanib 5 yillik qamoq jazosini oldi.
Bu ishlar ortida faollarning siyosiy va kasbiy faoliyati yotganiga shubha yo’q, deydi kuzatuvchilar.
19-senabr kuni O’zbekiston delegatsiyasi Jenevada BMT Inson huquqlari kengashi majlisida hisobot berib, unda Oliy Majlis a’zosi, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov mamlakatda siyosiy mahbuslar borligini rad etgan.
Saidov O’zbekistondagi vaziyat haqida xorijda tarqatilayotgan ma’lumotlarni asossiz va noxolis deya tanqid qilgan.
O’zbekiston Inson huquqlari tashabbus guruhi yetakchisi Surat Ikromov deydiki, rasmiylarning asl ahvolni tan olmagani yangilik emas.
“Hukumat delegatsiyasi BMTga hisobotga chaqirilganida albatta vaziyatni yumshatib gapirishga harakat qiladi. Faqat davlatga qarashli bo’lmagan nodavlat tashkilotlargina vaziyatni isbotlab, dalillab ko’rsatadi. Bu haliyam davom etayapti, davlat tashkilotlari inson huquqlari buzilishiga oid hollarni tuzatish o’rniga, uni berkitish bilan ovora. Baribir bu narsa ayonlashadi. Inson huquqlari buzilish holatlari esa borgan sari ko’paymoqda. Mana hozir qamoqqa olingan mahbuslar ortida ham siyosiy motivlar yotibdi. Ammo bu narsani turli jinoiy moddalar bilan yopishga harakat qilishadi”, - deydi Ikromov.
Huquqbon fikricha, xalqaro tashkilotlarning inson huquqlari masalasida hukumatga nisbatan bosimni oshirayotganida gap ko’p.
“Men hozir faollar ustidan birin-ketin bo’layotgan sud jarayonlarini tasodif deya olmayman. Negaki hozir majburiy mehnat bo’ladimi, qiynoqlar bo’ladimi, inson huquqlari bo’ladimi, ochilyapti va hukumatga nisbatan BMT tomonidan, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamjamiyat tomonidan bosim kuchaygan. Menimcha, hukumat bularning o’zi ham jinoyatchi, jinoyatni bular sodir etayapti deb ko’rsatishni maqsad qilgan bo’lishi mumkin”, - deydi Surat Ikromov.
Faxriddin Tillayev mamlakatda muxolif siyosiy harakatni tiklashga urinayotgan sanoqli faollardan biri. Hasan Choriyev esa “Birdamlik” tomonidan rejalangan norozilik aksiyalari uchun javobgarlikka tortilgani ta’kidlanadi.
Bobomurod Razzoqov esa qishloq xo’jaligi va majburiy mehnat tizimiga oid keskin tanqidlari bilan tanilgan edi.
Razzoqov “Amerika ovozi” bilan qilgan suhbatlardan birida shunday degan edi:
“Fermerlarning huquqiy savodini oshirish davlat oldidagi birinchi vazifa bo’lishi kerak. Islom Karimov bir chiqishida fermerlar siyosiy kuchga aylanadi deb bayonot bergan edi. Men shunda fermerlarda ham o’z huquqlari uchun kurashadigan imkoniyat bo’ladi deb xursand bo’lgan edim. Lekin hech narsa o’zgarmadi. Fermerlarning siyosiy kuchga aylanishi uchun huquqiy normalar o’zgartirilishi, ular faoliyati uchun imkoniyat berilishi kerak. O’shandagina o’zgarish bo’lishi mumkin. Biz fermerlar o’z manfaatlarimizni himoya qiluvchi siyosiy kuch sifatida birlashmas ekanmiz, hech narsa o’zgarmaydi”.
Har hafta xalqaro tashkilotlar O’zbekistonda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat ayanchli deya bayonot beradi. Hukumat ularni informatsion urushda ayblaydi. Bu organlar nazarida esa Toshkent bunday iddaolar bilan haqiqatni yashira olmaydi.