19-sentabr kuni O’zbekiston vakillari mamlakatdagi vaziyat xususida BMT Inson huquqlari kengashiga hisobot bergan edi. Bu haqda mana bu yerda batafsil ma’lumot olish mumkin.
“Xalqaro Amnistiya”, Londonda asoslangan tashkilot O’zbekiston hukumati va boshqa huquqbonlar qatorida o'z mustaqil hisobotini ham BMTga taqdim etgan.
Bu hujjatda ta’kidlanishicha, O’zbekistonda so’z erkinligi toptalishi hollari ko’paymoqda.
“Taniqli inson huquqlari himoyachilari, hukumat tanqidchilari va mustaqil jurnalistlar xavfsizlik xizmati hamda mahalliy rasmiylar tomonidan ta’qib qilinganidan keyin O’zbekistonni tark etishga majbur bo’lmoqda", - deyiladi tashkilot bayonotida.
"Xalqaro Amnistiya” hisobicha, kamida sakkiz faol hozirda og’ir sharoitlarda qamoq jazosini o’tamoqda.
O’zbekistonda, hukumat qanchalik rad etmasin, qiynoqlar hamon qo'llaniladi. Milliy qonunchilikka o’zgartishlar kiritilgan, xususan hibsga olinib, hali ayb qo’yilmaganlarning qanday sharoitda saqlanishi haqdagi qonun 2011-yil sentabr oyida o’zgartirilgan.
Ammo “Xalqaro Amnistiya” tashkiloti hibsxonalarda ham, qamoqlarda ham qiynoqlar hamon keng tarqalgani haqida ma’lumot to’plagan va aksariyat hollarda mahbuslarni qiynoqqa solayotganlar jazoga tortilmaydi deya xulosa qiladi.
“O’zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash va terrorizm hamda ekstremizmga qarshi kurash deb turli islomiy guruh va partiyalar a’zolari O’zbekistonga majburan qaytariladi. Ular dom-daraksiz yo’qolgan, hibsda saqlanayotganida yaqinlari bilan aloqa qilishga ruxsat etilmagan, adolatsiz sud qilinib, so’ngra qamoqda qiynoqqa solingan”, - deyiladi “Xalqaro Amnistiya” bayonotida.
Tashkilot boshqa huquq himoyachilari singari Andijonda ishi 2005-yilning mayida ro’y bergan voqealarni mustaqil ravishda puxta o’rganish kerak deb keladi. O'zbekiston hukumatining javobi shuki, bu ish allaqachon yopilgan.