O’zbekiston hukumati mamlakatdagi kambag’allar sonini ochiqladi. Rasmiy statistikaga ko’ra, ular soni 4-5 million atrofida.
Bu raqamlardan 34 millionlik O’zbekistonning 30 millionga yaqin aholisi o’rta hol va boylar toifasiga kirishini xulosa qilish mumkin.
Mamlakatdagi kambag’allar qatlami aniq ekan, unda boylar, o’rtahollar kim? Boylar, o’rta qatlam va kambag’allar o’rtasidagi tafovut qanday?
Nega mamlakatda kambag’allar soni ochiqlangan bir sharoitda o’rta qatlam, ayniqsa mamlakatdagi boylar qatlami haqida hech narsa deyilmayapti?
Nima uchun o’zbek boylari haqidagi jamoatchilikdagi tasavvurlar faqat Alisher Usmonov, Fattoh Shodiyev kabi xorijdagi o’zbeklar bilan cheklanib qolmoqda?
O’zbekistondagi boylar mamlakat uchun og’ir sinovga aylangan pandemiya sharoitida xalqqa qanday yordam ko’rsata olishdi?
O’zbekiston hukumatining bir martalik yordam puli uchun kurashayotgan karantindagi kambag’allar qatlami aslida qanday ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarga ega?
“Amerika Ovozi” bu savollarni O’zbekistondagi siyosiy elita, o’zbek boylari haqida tadqiqotlar o’tkazgan faol, yozuvchi Safar Bekjon bilan muhokama qildi.