Breaking News

Sharh: Fojialarga qaramay o'zbekistonliklar tirikchilik uchun hamon Rossiyaga intilmoqda


10 o'zbek halok bo'lgan yong'indan keyin... Prichulimskiy qishlog'i, Tomsk, Rossiya, 21-yanvar, 2020
10 o'zbek halok bo'lgan yong'indan keyin... Prichulimskiy qishlog'i, Tomsk, Rossiya, 21-yanvar, 2020

Rossiyadagi yong’inda 10 nafar o’zbekistonlik yonib ketdi. 52 kishi qurbon bo’lgan Aktobedagi yong’indan omon chiqqan ikki yigit esa yaqinda yana ilojsizlikdan mehnat muhojirligiga ketgan.

O’zbekistonda Abdulla Aripov rahbarligidagi hukumat yakdillik bilan, bir ovozdan qo’llab-quvvatlangani qarshisida bu fakt, yumshoqroq aytganda, parlamentning mutlaq befarqligini namoyon etayotgandek.

Tomsk viloyatida sodir bo’lgan yong’in tafsilotlari o'rganilmoqda. O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qurbonlar shaxsini aniqlashtirish, ularning jasadini vatanga qaytarish yuzasidan chora tadbirlar ko’ryapti.

Aktobedagi fojiadan omon chiqqan namanganlik yigitlar esa yana ish izlab Rossiyaga yo’l olishgan, ularning biri xatardan qat’i nazar, biri taksida, boshqasi esa bu safar samolyotda ketgan.

Navbatdagi yong’in qurbonlari haqida ma’lumot chiqqunga qadar “Daryo.uz” nashri ikki yil muqaddam butin mamlakatni larzaga solgan Akto’be fojiasidan omon chiqqan ikki nafar o’zbekistonlikning bugungi taqdiri, ularning oilasi haqida maqola chop etgan edi.

10 o'zbek halok bo'lgan yong'indan keyin... Prichulimskiy qishlog'i, Tomsk, Rossiya, 21-yanvar, 2020
10 o'zbek halok bo'lgan yong'indan keyin... Prichulimskiy qishlog'i, Tomsk, Rossiya, 21-yanvar, 2020

2018- yilning 18-yanvarida o’zbekistonlik mehnat muhojirlari ketayotgan avtobusdagi yong’in eslangan maqola tabiiy avvalo shu halokatdagi 52 nafar qurbonlar xotirasiga ehtiromni anglatadi.

Ammo, navbatdagi yong’in, navbatdagi qurbonlar, o’limdan omon chiqqan yigitlarning yana qayta mehnat muhojirligiga ketishga majbur qolgan vaziyatda deputatlar, parlament hukumat faoliyatini yakdillik bilan qo’llab quvvatlayotgani, ehtirom ko’rsatayotgani vijdonga doir havola.

Odatda, jamoatchilik bilan hisoblashadigan, jamiyatdagi munosabatga tayanadigan davlatlarda o’zagi iqtisodga bog’liq bu kabi inqirozli holatlar iqtidordagi hukumatning ixtiyoriy iste’fosiga olib keladi, jamoatchilikka, jamiyatdagi kayfiyatga befarqlikni ko’rsatuvchi yakdil qo’llovga emas.

Aktobedagi yong’indan omon chiqqanlar fojiadan sal kam ikki yil o’tib, bir necha oy avval muhojirlikka ketishgan. Biri ayni paytda Rossiyda, boshqasi Qozog’istonda ishlayotgan fojia guvohlarining bildirishicha O’zbekistondagi ishsizlik, maoshlar pastligi ularni yana xorijdan ish izlashga majbur etgan.

Avtobusdagi yong’indan omon chiqqan, fojia guvohlaridan biri Isroil Mirzaahmetov Rossiyaga qarab taksida yo’lga chiqqan, ammo kirishiga qo’yilgan taqiq bois, Qozog’istonda ish topishga majbur bo’lgan. O’limdan qutulib qolgan Ahror Isoqov Rossiyadagi qurilish kompaniyasidan ish topgan.

10 o'zbek halok bo'lgan yong'indan keyin... Prichulimskiy qishlog'i, Tomsk, Rossiya, 21-yanvar, 2020
10 o'zbek halok bo'lgan yong'indan keyin... Prichulimskiy qishlog'i, Tomsk, Rossiya, 21-yanvar, 2020

Tabiiy, iqtidordagi hukumat, shu jumladan prezident Mirziyoyev ham, mehnat muhojirlariga mutlaq befarq deyish noto’g’ri, zero deyarli 5 millionga yaqinligi aytilayotgan bu fuqarolar taqdiriga bepisandlik mamlakat taqdiriga befarqlikni anglatardi.

Ma’lumotlarga ko’ra, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni O’zbekistonga qilgan yaqindagi safari davomida rasmiy Toshkent taqiqqa tushgan mehnat muhojirlariga nisbatan amnistiya so’ragan. Rossiyaga kirishiga taqiq qo‘yilgan. Aynan shunday taqiqqa tushishdan xavotirda Rossiyadan chiqib, mamlakatga kelishdan hadikda yurgan o’zbekistonliklar soni bir necha yuz ming ekanligi aytilmoqda.

O’zbekistonning Yevrosiyo ittifoqiga qo’shishga intilayotgan Moskva katta ehtimol bilan ayrim shartlarga evaziga shunday amnistiya e’lon qilishi ehtimoli yaqin. Shunday bo’lgan taqdirda, bu Toshkent yoki Moskvani mehnat muhojirlariga g’amxo’rligi oqibati emas, o’zining og’ir, mashaqqatli mehnati bilan har ikki mamlakat iqtisodiga sezilarli daromad keltirayotgan muhojirlar hukumatlar oldida qarzdor emas.

Ammo, shunisi aniqki, o’zbekistonlik mehnat muhojirlarining hukumatdan kutayotgan umidi mutlaqo boshqa, mamlakatning o’zida ish o’rinlari tashkil qilinishi, buning uchun munosib maosh belgilanishi, xorijdagi turli halokat va xatarlarga, eng asosiysi siyosiy maqsadlarda dastak bo’lishga o’rin qoldirmaslik.

Afsuski, hukumatning islohot va’dalariga qaramasdan mamlakatdagi vaziyatda hozircha siljish yo’q. Yangi ish o’rinlari haqidagi hisobotlar ham avvalgidek aholining oddiy kundalik talabiga javob bermaydigan, statistika uchun qilinadigan ko’rsatkich aylanmoqda.

Har holda 52 fuqaro qurbon berilgan Aktobedagi dahshatli yong’indan omon chiqqan, ish qidirib boshqa xorijga bormaslik qarorida turgan yigitlarning ikki yil davomida mamlakatda ishlab, tirikchilik uchun yana mehnat muhojirligiga mahkum qolishgani hukumat yaratayotgan ish o’rinlari aholinining oddiy ehtiyojlariga javob bermasligidan darakdir.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG