II Jahon urushi davrida Germaniya armiyasi tarkibida Sovet Ittifoqiga qarshi kurashgan, ammo mustaqil boshqaruvga ega bo'lgan Turkiston legioni haqida eshitganmisiz? Uning saflarini urushda asir tushgan minglab o'rta osiyolik askarlar to'ldirganinichi?
Tarixning bu bahsli hodisasi haqida turli gap-so'zlar, talqin va yondashuvlar bor.
Legionga qo'shilganlar orasida ko'plab o'zbekistonliklar bo'lgan. Ular urushdan so'ng vataniga qaytmagan. Germaniyada va boshqa turli xorijiy davlatlarda muhojir bo'lib qolib ketgan. Ayrimlari AQShga kelgan. Bugunga kelib ular soni juda oz, aksariyati olamdan o'tgan.
"Vashington choyxonasi" jamoasi AQShning Pensilvaniya shtatiga borib, Turkiston legioni safida kurashgan o'zbekistonliklardan biri Abdumajid G'ozi o'g'li xonadonida bo'ldi.
Abdumajid ota bilan tarixning os'ha mash'um va bahsli onlari haqida uzoq suhbat qurdik. Turkiston legionini kimlar tashkil etgan? Uning saflariga qo'shilib, Sovet Ittifoqiga qarshi kurashgan o'zbekistonliklar va boshqa turkiy tilli askarlar majburiyat ostida bu ishga qo'l urganmi yoki ular haqiqiy ozodlik kurashchilarimi?
Suhbat davomida qahramonimiz urush va undan keyingi davrdagi shaxsiy hayotiga oid ko'plab qiziqarli voqealarni ham so'zlab berdi.
Videoni to'liq quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5