Nogiron bolalar sog’lom bolalarga qaraganda ko’proq hollarda zulm, jabr bilan yuzlashadi. Jismoniy va jinsiy jihatdan tahqirlanadi, kamsitiladi va e’tiborsiz qoladi, deyiladi Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotida.
Dunyoda yashovchi 93 million o’g’il-qizdan besh foizi nogiron. Serebral falajga chalingan, kar, soqov, ko’zi ojiz, aqlan zaif yohud surunkali kasallik, masalan, astma yoki diabetdan aziyat chekadi.
Hisobotga ko’ra, nogiron bolalar xor, kamsitiladi. Ularni qaramog’iga olgan insonlarni himoya qiluvchi mexanizm yaxshi ishlamaydi.
Tashkilot xodimi Tom Shekspir jismonan ojiz aksariyat bolalar kambag’al, kemtik oila farzandlari, deydi. “Mehribonlik uylari yoki internatdan chiqqanlarga muomalani-ku aytmay qo’yavering”, - deydi u.
“Nogiron bola uchun yagona so’qmoq, ko’pincha shu – internat. Bunday joylarda esa ular e’tiborsiz qoladi, hatto kaltaklanib, zo’rlanadi. Ayrimlari kar yoki yaxshi gapira olmaydimi, demak, dardini aytolmaydi, hech kim eshitmaydi, tushunmaydi, ishonmaydi”, - deydi mutaxassis.
Hisobot dunyoning 17 rivojlangan mamlakatida 18 ming nogiron bola ishtirokida o’tkazilgan izlanishga asoslanadi. Olimlar kambag’al va o’rtahol jamiyatlarda 74 tadqiqotni o’rgangan, ammo bu ma’lumot to’liq emasligi sababli, hujjatga kiritmaslikka qaror qilingan.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti xodimi Kristofer Mikton deydiki, kambag’al mamlakatlarda kengroq, chuqurroq tadqiqot o’tkazish zarurligi shubhasiz. Chunki yo’qsil mamlakatlarda yashovchi nogiron bolalarning ahvoli rivojlangan mamlakatlarga qaraganda og’irroq.
“Rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslaganda muhtoj jamiyatlar va o’rtahol davlatlarda nogiron bolalar ko’proq xo’rlanadi. Bunday mamlakatlarda jismonan zaif qiz-o’g’illar ko’proq ham. Qashshoqlik, ijtimoiy tengsizlik, tor joyda tiqilib yashash va boshqa sabablarga ko’ra zo’ravonlikka uchraydi”, - deydi Mikton.
Xalqaro tashkilot nazarida nogiron bolalarni mehribonlik uylari, internat kabilarga joylamaslik kerak. Bu qiz-o’g’illar mahallalarda tarbiyalanishi, ulg’ayishi kerak. Ularning oilalariga ham yordamni oshirish lozim. Ota-onalar uchun maxsus treninglar tashkil etib, jamiyatlarda mehr-oqibatni tarbiyalaylik, deydi ekspertlar.