AQShda ayollar erkaklar bilan baravar ishlaydi. Ham oila, ham ishning uddasidan chiqishga harakat qilib keladi. So’nggi paytlarda, ayniqsa, iqtisodiy krizis fonida buning haqiqatan imkoni bormi, oila va ish orasida muvozanat saqlash mumkinmi degan savollar atrofida bahs avj olgan.
Jenn va uning oilasi uchun bugun oddiy kun. Ovqat biroz kech qoldi. Har bir xonandonda bo’lib turadigan holat.
Jenn poytaxtdagi firmada maslahatchi bo’lib ishlaydi. Turmush o’rtog’i va maktab yoshidagi ikki qizi bilan Vashington yaqinida turadi. Qizlarning maktabi, darslardan keyin to’garak va repetitorlar … Bu ham ona, ham ota bo’ynida.
“Ba’zida katta lavozimda ishlagim kelib qoladi. Xumor tutadi. Buni uddalarman, deb o’ylab qolaman. Ham oila, ham ish… Keyin uyga, farzandlarim bag’riga qaytib, afsuslarim unutiladi”.
Jenn bir necha yil oldin Senat qo’mitasidagi ishidan bo’shab, maslahatchi kasbini tanlashga qaror qilgan. Shuni nazarda tutayapti.
“Poytaxt shunday bir joyki, bu yerda juda ko’p ishlash kerak, bosim katta. Ayniqsa, hukumat idorasida ishlasangiz, ham oila bilan bo’lish, ham ishda muvaffaqiyat qozonish mushkul. Bu shaharda talablar, qoidalar qattiq”.
Professor Ann-Mari Sloter ham aynan shuni tushundi. Nufuzli Prinston universiteti olimasi 2009-yilda Vashingtonda Davlat departamentida ishlashga rozi bo’lgan edi. Ikki yil o’tib bo’shadi. Yaqinda “Ayol nega ish yoki oilani tanlashga majbur?” sarlavhali maqola yozdi. Oila va kasbni uddalash uchun xizmat joyida o’zgarish qilish kerak, deydi u.
“Ishxonalarda yaratilgan muhitni ko’rsangiz, oila, bola-chaqasi bor odam uchun mutlaqo mos emasligini tushunasiz. Buni o’zgartirish kerak. Qiyin yeri yo’q aslida. Lekin ota-ona – ham erkak, ham ayollar yengil nafas olishi, kasbga to’laqonli qaytishi mumkin”.
Amerika progress markazi prezidenti Nira Tanden fikricha, professor Sloterning yondashuvi o’ta salbiy. Qiyinchiliklar bor albatta, ilm-fan, siyosatda hamon erkaklar son jihatdan ustun, lekin ayollar erishgan muvaffaqiyatidan mamnun bo’lishi kerak, deydi u.
“Rahbarlar orasida ayollar ko’paymoqda. Ishxonada erkak va ayollar teng huquqqa egaligini ta’minlash kerak. Ayollar maoshi erkaklarnikidan kam bo’lmasin. Ham oila, ham ish birday qadrlanishi, ikkisini eplash mumkin degan ishonch paydo bo’lishi kerak”.
Jennga kelsak, u omadim chopgan, deydi. Vaqtini o’zi taqsimlaydi, zamonaviy texnologiya bor ekan idorada o’tirishi shart emas, internetga bog’lansa bas.
“Uyali telefonim bo’lmasa, elektron pochtamni tekshira olmasam, ancha qiyin bo’lardi. Ishxonada ko’proq o’tirishga to’g’ri kelardi”.
Qosh qoraydi. Jenn qizlarining uy vazifasini tekshirayapti. Keyin yarim kechagacha ishlaydi, o’qiydi. Uning hayotida oila va ish orasida muvozanat bormi? Aytish qiyin.
Your browser doesn’t support HTML5