Tolibon yaralagan qiz muolaja uchun Britaniyaga yuborildi

Toliblar o'qidan og'ir yaralangan 14 yoshli Malala Yusufzoy qo'shimcha muolaja uchun Pokistondan Britaniyaga yuborilmoqda, 15-oktabr, 2012-yil.

Pokiston armiyasiga ko’ra, o’tgan hafta Svot vodiysida boshi va bo’ynidan o’q yegan 14 yoshli qizaloq qo’shimcha muolaja uchun Britaniyaga yetkazildi.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish


Malala Yusufzoy Tolibonga qarshi fikr bildirgani uchun jangarilar tomonidan otilgan edi. Peshovar va Ravalpindidagi harbiy gospitallarda davolangach, shifokorlar uni xorijga yuborishga qaror qildi.

Malala jismoniy va ruhiy travmadan davolanishiga hali ancha bor, deyiladi armiya bayonotida.

Birlashgan Arab Amirliklari homiylik taklif qilib, uni Britaniyaga eltish uchun samolyot ajratgan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, Malala Pokistonda qizlar ta’limi uchun kurashgan mard inson bo’lib, hammaga o’rnak bo’lishi lozim.

Malala o’zi yashaydigan Svot vodiysida toliblarning xunrezliklarini fosh qilgani uchun seshanba kuni maktabdan chiqayotib, hujumga uchragan.

Politsiya vodiyda bu ishga aloqadorlik gumoni bilan bir necha kishini hibsga olgan.

Qizaloq Svot vodiysida 2008-2009-yillarda Tolibon hukmronligi ostidagi hayotni, kundalik zo’ravonliklarni ta’riflab, BBC axborot xizmatining veb-sahifasidagi o’z blogida chop etardi.

Jangarilar nazarida Malala g’arbparast, AQSh prezidenti Barak Obamani o’z ideali deb atagan, shu sabab u o’limga mahkum etilgan.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1525451&w=640&h=506&skin=embeded