Yulduz Usmonova: Qirg’izlar nima deb baho beradi o’zining shu farzandlariga?

  • Akmal Ziyo

Yulduz Usmonova: Qirg’izlar nima deb baho beradi o’zining shu farzandlariga?

Qirg’isiztonda bo’lib o’tgan qonli voqealar dunyo hamjamiyatini larzaga soldi. O’sh va Jaloloboddagi xunrezliklarda o’lganlar ikki mingdan oshiq ekani taxmin qilinadi.

Shvetsiya, Germaniya, Britaniya, Qo’shma Shtatlar, Rossiya va Janubiy Koreyada yashayotgan o’zbeklar xalqaro hamjamiyatni ogoh qilish uchun namoyishlarga chiqdilar.

Dunyoning turli burchaklaridan tinchlikka da’vat etuvchi ovozlar tingani yo’q.

Shu o’rinda ijodkorlar ham o'z fikr-qarashlarini yashirmayapti. O’zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova qirg’inga bag’ishlab yozgan qo’shig’i bir kechada internet orqali butun dunyoga yoyildi.

El sevgan xonanda “Amerika Ovozi” bilan suhbatda bo’ldi (audio fayl o'ng tomonda):

Yulduz Usmonova: To’g’ri hamma joyda bor endi haligi yaxshi yomon, ahmog’i, sog’i, lekin bu yerda hozir internetlarda yozyapti uchinchi kuch bor deb. Atrofda uchinchi litsa yo’q-da, butun qirg’izlar turib, odam yoqib tomosha qilyapti. Qanaqa munosabat bo’lishi kerak bundan keyin?

O’z ko’zim bilan ko’rib turibman yondirganlarini, yana boshqa videolar ham bor ekan. Dokazatelstvo ko’rmaganim uchun ishonmay turibman, panshaxalarni tiqib ketgan bolalarning qorniga deyapti. Men onaman men, it emasman-ku.

Bu narsa hayvondan ham battar narsa. Bilmayman, qani qirg’izlar nima deb baho beradi o’zining shu farzandlariga? Manasliklar, debdi. Qani manasliklar nima qilarkin?

Dunyodan kechirim so’rasin. Isroil ham bunaqa qilgan emas, bombada osongina o’ladi. Tirik odamni yondiradimi, ayting? Tirikligicha yondirilgan bolachalar, onalar. Yonib yotibman, o’zbeklar uchun deyolmayman, odam uchun. O’sha yerda qirg’iz ham o’lgan, xursandmi o’shalar o’lganiga? Yana o’zbeklar deb nomini aytayapti.

Lekin internetdagi videolarda birorta o’lgan qirgizni ko’rganim yo’q. O’zlaricha aytib yotibdi “oy, tam strelba, oy tam ubivayut”, deb, qani ko’rsatishsinchi. Qirg’iz region deb yozib qo’yibdi, kirilmasin deb.

Urush deb ikki tomonda miltig’i borlarga aytiladi. “Fergana.ru” dagi maqolada ko’rdim. Qirg’iz gazetalarida 3-4 yildan beri yozib kelinar ekan, o’zbeklarga “nado obyavit kulturnuyu voynu” deb.

Uyat emasmi? Rahbarlar qayerga qarayapti? Kak vsadniki bez golovi. Katta qilib yozib qo’yinglar, men qirg’izlarni boshsiz chavandoz deyman. Boshi yo’q chavandozga o’xshaydi ular.

Demokratiya, demokratiya, nima demokratiya? Ruhi ko’targuncha berish kerak demokratiyani. Ular xalq bo’lgisi kelmasa, boshiga urib o’tqazib qo’yish kerak. Nima rahbarlik bu, o’z elingga bas kelolmasang?

Dissiplina bo’lgan joyda bo’ladi hayot. Kattalar o’lgan bo’lsa mayli, bolalarda nima gunoh? Uni kim kechiradi? Xalq kechirar, hamma kechirar, lekin unutilmaydi. Unutish boshqa narsa. Unutilmasa, biz bo’lmasak, bizdan keyingilar o’ch oladi.

Baraka topsin yurtboshimiz ham. Men baribir juda boshqacha anaqa qildim. Bularni hammasini yedirib, ichirib to’yg’azgandan keyin lecheniyesi bor. Buncha odam hammasi qon ko’rdi, o’lim ko’rdi. Bular hammasi shok holatda. Ertaga nima bo’ladi ular?

Ishoning, bu bechora ayol prezidentning ham boshini yeydi bu qirg’izlar. Bular bir bosh ham xohlamaydi. Boshsiz chavandoz bular. Qirg’izlar ham bizning nonimizni yegan, biz ham qirg’izlarning tuzini ichganmiz. Aslida ularning qimizdan boshqa hech nimasi yo’q, bundoq o’ylab qarasangiz.

O’zbekning nimasini o’ldiradi? “Eto nasha rodina, pust oni uxodyat”, deydi bitta xotin, internetda ko’rib o’tiribman. O’zining mamlakatidan o’zini haydab chiqardi. Unaqada biz ham qirg’izlarni haydashimiz kerakmi?

Yo’q, biz qirg’izlarimizni haydamasmiz. Boshimizda poshshohimiz bor O’zbekistonda. Aqlli, hamma narsani joy-joyiga qo’yadi. Haqiqatda qoyil qolish kerak, daleko vidit. Qand yesin, asal yesin, molodets.

Men bitta narsa aytaman. Aslida bular o’zbeklar qirg’iz fuqarosi. O’zbekiston osh berib, non berib, boshpana berib turibdi. Qo’ldan kelganini qilyapti O’zbekiston.

Men sa’natkorlar uchun gapirmayman, lekin hamma qo’ldan kelganini qilyapti. Qirg’izlar shundan keyin ham tavba qilmasa, unda bilmadim. Kelib kelib o’zingning non bergan qo’lingni ham tishlaysanmi? Kechirim so’rash kerak menimcha, shu xolos.

Zdes gosudarstvo vinovato. Hukumat so’rashi kerak, xalqini eplolmagan hukumat. Mening bolam sho’xlik qilsa, kim vinovat? Men aybdorman agar mening bolam ko’chada anaqa qilsa. Demokratiyaga tayyor bo’lmagan bolangga demokratiya berdingmi, sen javob berasan. 18 ga kirmagan farzand uchun biz javob beramiz-ku. Bu ham shunaqada.

Bitta qirg’iz chiqib aytmadimikan, “Hoy, o’ldirsang bizni ham o’ldir, nimani xohlaysan, deb”? Agar hammasi yoppasiga chiqib shunday deganda hech qanday reznya bo’lmas edi. Azal-azaldan shu o’zbekni ko’rolmasligi bor-da.

Shu qo’shiqqa bir narsa qo’shmagan ekanman. Agar biz ketib dunyo keng qolsa, ol senga o’sha dunyoni. Bizga vafo qilmagan o’sha uylar, yerlar senga qolib, sen merosxo’r bo’lsang, ol o’sha yerlarni, senga.

Shunchalik ham o’zbeklar malol kelganmi? Manasliklar, manasliklar, ol senga o’sha Manasni tag-tugi bilan. Biz ham o’zbekmiz-da, bizga ham tegadi bunday haqoratlar. Sartlar, sartlar nima bu? Nima degani u, bu sartlar? Nima qildi ularga sartlar? Chto za oskorbleniye? Mi kogda-nibud ix oskorblyali?

“Sartlarga o’lim, o’zbeklarga o’lim”, shungacha yetdimi? Davlat qayerga qarayapti? Gazetalarda shuncha maqolalalar chiqqan ekan, shularga ruxsat bergan davlat kechirim so’rashi kerak.

Lekin kechirish-kechirmaslikni siz bilan men hal qila olmaymiz. To’g’ri-ku, kechirish kerak. Hech kimga qonxo’rlik kerak emas. Keyin qirg’izni o’ldirganingiz bilan yara bitmaydi, joyiga tushmaydi.

Men jabr ko’rganlarga Allohdan sabr tilayman. Qolaversa o’zlari ham boshni bir joyga qo’yib, o’ylashlari kerak. O’zlarining ham ichida bir-ikki shunday intrigant o’zbeklari bo’lgan-ki, ularni anaqa qilgan. Lekin ular ahmoq bo’lsa, ahmoqlar bilan teng kelish kerak emas. Lekin bularning qilgan xunrezliklariga opravdaniye yo’q.

Hammadan to’lib toshib, alamingni o’zbekdan-mi olding? Bilmadim, hech gap yoq. Kechirimga loyiq bo’lsa kechirsin. Men o’zimni nomimdan gapiryapman.

Kechirishim qiyin bo’ladi. Qiyin, no nado, nado proshat. No ya ne znayu kak eto delat. Uni borib yaqinlarini yo’qotganlardan so’rang. Siz bilan menga gapirish oson. Mana bu yonganlarning egalaridan so’rang, kechira oladimi?