Bugun AQShda yangi rahbariyat qasamyod qildi. 78 yoshli respublikachi Donald Tramp - prezident. 40 yoshli respublikachi Jeyms Vens - vitse-prezident.
"Amerikaning oltin asri boshlanmoqda ... Men Amerikani har doim har narsadan ustun qo'yaman. Xavfsizlik, suverenitet, chegaralarni mustahkamlaymiz. Adolatsizliklar, hokimiyat va vakolatdan qurol sifatida foydalanishga chek qo'yamiz".
Respublikachi Donald Tramp Oq uyga qaytar ekan, qasamyod marosimida texnologiya olami liderlari, jahonning eng boy odamlari ishtirok etdi. Kimlarni tanidingiz?
Respublikachi Donald Tramp prezidentlikka kirishdi. Demokrat Jo Bayden prezidentlik muddatini tugatdi. Qasamyod marosimi boshlanishi oldidan... Kapitoliy, Vashington, 20-yanvar, 2025.
Rossiya rahbari Vladimir Putin AQShda respublikachi Donald Trampni prezidentlikka qaytgani bilan qutlab, uni hamkorlikka chaqirdi. Uchinchi jahon urushiga yo'l qo'ymaslik Trampga bog'liq, deya ta'kidladi.
Donald Tramp va rafiqasi Melaniya Tramp Oq uyda Prezident Jo Bayden va rafiqasi Jill Bayden tomonidan kutib olindi. Choydan keyin ular Kapitoliyga yo'l oladi. Yangi rahbariyat ish boshlashdan oldin u yerda qasamyod keltiradi.
Oq uy yaqinidagi cherkovda ibodatdan so'ng Donald Tramp va rafiqasi Melaniya Tramp davlat rahbari rezidensiyasi tomon yo'l oldi. Oq uyda Prezident Jo Bayden va rafiqasi Jill Bayden bilan choydan keyin yangi rahbariyat qasamyod marosimi. Bu tadbir Kapitoliyda kechadi.
Donald Tramp bugun – 20-yanvar kuni Amerikaning 47-prezidenti sifatida qasamyod qabul qildi. Ikki suiqasdga urinishdan omon qolgan Tramp to’rt yillik tanaffusdan so’ng Oq uyga qaytmoqda.
20-yanvar kuni inauguratsiya oldidan demokrat vitse-prezident Kamala Harris va turmush o'rtog'i Dag Emhoff Oq uyda yangi, respublikachi vitse-prezident Jeyms Ven va rafiqasi Usha Vensni kutib oldi.
Donald Tramp bugun – 20-yanvar kuni Amerikaning 47-prezidenti sifatida qasamyod qabul qiladi. Ikki suiqasdga urinishdan omon qolgan Tramp to’rt yillik tanaffusdan so’ng Oq uyga qaytmoqda.
Ko'proq...