16-yanvar, 2025: Yilning birinchi jonli efiri. "Amerika Ovozi" binosidan Kapitoliyni kuzatayapmiz. Donald Tramp to'rt kundan keyin prezidentlik qasamyodini keltirib, AQShda ma'muriyat demokratlardan respublikachilarga o'tadi. Markaziy Osiyoga nisbatan siyosat qanchalik o'zgaradi?
Floridalik senator Marko Rubio, agar davlat kotibi lavozimiga tasdiqlansa, Donald Trampning “Amerika birinchi” siyosatini amalga oshirishga va’da bermoqda.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Kreml bilan yaqin aloqani saqlagan holda yangi prezidentlik saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Prezidentlik kampaniyasi davomida Donald Tramp Kolorado shtatining Avrora shahrini immigrantlar jinoyat sodir etayotgan joy sifatida ko’rsatgan edi. Kolorado gubernatori jinoiyatchilarga qarshi kurashishda hukumat yordamiga ochiqmiz deydi, ammo u muhojirlar sababsiz deportatsiya qilinishiga qarshi.
AQShda 6-yanvar kuni parranda grippidan ilk o’lim qayd etildi. Ekspertlar virusning aholining katta qismiga yuqish ehtimolini tahlil qilmoqda.
Marko Rubio AQSh Davlat kotibi bo'lishga shaylanar ekan, Kaspiy siyosat markazi Donald Tramp va uning ma'muriyatini Markaziy Osiyo va Kavkazga yangicha ko'z bilan qarashga undamoqda. Ularga nisbatan umumiy siyosat yuritish taklifi olg'a surilmoqda.
"Iqtisodimiz bugun eng mustahkam shaklda, chunki bizning davrimizda 16,6 million ish o'rni yaratdik. Maoshlar oshdi, inflyatsiya esa pasayishda davom etmoqda",- deydi Bayden.
Tahlilchi Evelin Farkasning aytishicha, Bayden Rossiya bilan yadroviy to’qnashuv ehtimolini baholashda xato qilgan. “Natijada bir qo’limizni orqamizda bog’liq ushlab turishga, ukrainaliklarni ham shunday qilishga majburlashga to’g’ri keldi”, - deydi Makkeyn instituti eksperti.
"Biz tayyorlagan kelishuvga ko’ra garovdagilar ozod etiladi, janglar to’xtaydi, Isroil xavfsizlik bilan ta’minlanadi, falastinliklarga gumanitar yordamni keskin oshiramiz”, - dedi AQSh Prezidenti Jo Bayden.
- Isroil va XAMAS nimaga kelishmoqda? - Bayden Ukraina siyosatini himoya qilmoqda - Yun Suk Yol tergovchilarga taslim bo’ldi, ammo aybiga iqror emas - Bayden Kubaga qo’yilgan sanksiyalarni yumshatishi kutilmoqda
Rossiya bilan mavjud ziddiyatlar Moldovaning Yevropa bilan integratsiya qilish niyatlariga to'siq yaratishi mumkin.
Ko'proq...