Ukraina va AQSh sarmoya jamg’armasini tuzib, minerallar, neft va gaz savdosidan tushgan daromadning 50 foizi jamg’armaga qo’ymoqchi. Kiyev kelishuvda xavfsizlik kafolatlari bo’lmasa, uni imzolamasligini bildirmoqda.
BMT Xavfsizlik kengashida yangrayotgan xavotirlarga ko'ra, Yaqin Sharqda barqarorlikka erishish, xususan Isroil va Falastin yonma-yon mustaqil davlat sifatida yashashi ehtimoli yanayam pasaygan.
“Bu urushga nisbatan betaraflik Markaziy Osiyo manfaatlariga javob bermaydi. Agar Putin Ukrainada g’alaba qozonsa, keyingi nishonini Markaziy Osiyoga qaratishiga hech kim, hatto Rossiyada ishlab yurgan mintaqaliklar ham shubhalanayotgani yo`q".
Makron Yevropa davlatlari tinchlik tashabbuslarida qatnashishga tayyor ekanini aytadi, Amerikadan ularni qo’llab-quvvatlashni, xavfsizlik kafolatlari bilan ta’minlashni so’radi.
Tramp Yevropa o'z xavfsizligi uchun ko'proq mablag' ajratsin desa, Makron Amerika rahbarini Rossiya bilan ehtiyot bo'lishga undagan.
Tramp ma'muryati AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyatini isloh qilishda davom etar ekan, mamlakatdagi va chet eldagi 2000 ish o'rni yopildi.
Pokiston hukumati afg'on qochqinlarga yo Amerikaga keting yo vatanga qayting, deya shart qo'ymoqda. Gap AQShdan boshpana so'rayotgan va ishi ko'rib chiqilishini kutayotgan minglab afg'onistonliklar haqida ketmoqda.
Prezident Donald Tramp Pentagon rahbariga uzoq masofali raketalarni qaytara oladigan yangi mudofaa tizimini yaratishni buyurdi.
Britaniya va Fransiya Ukrainaga tinchlikparvar qo’shin yuborishga tayyor, biroq ayrim hisoblarga ko’ra, buning uchun kamida 100 ming askar kerak bo’ladi.
Zelenskiyga bunga javoban Tramp Rossiyadan taralayotgan dezinformatsiyadan foydalanayotganini aytdi. AQSh vitse-prezidenti uni Trampni haqorat qilmaslikka da’vat etdi.
“Eurasia Group” konsalting kompaniyasi prezidenti va asoschisi Ian Bremmer 2025-yilda dunyo duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy xatarlar haqidagi hisobotini izohlab berdi.
Prezident Donald Tramp 19-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardagi postida AQSh Ukrainaga shu kungacha 350 milliard dollarga teng yordam bergan, deya da'vo qildi. Biroq Pentagon va boshqa tegishli organlar bergan raqamlar buni isbotlamaydi.
Ko'proq...