O’quvchilarni matematikadek murakkab predmetga qiziqtirish oson emas. Amerikada bir muallim algebra va geometriyani o’rgatishning yangi yo’lini qo’llamoqda – musiqa va qo’shiq orqali. Hatto ingliz tilida qiynalib gapiradigan o’quvchilar ham formulalarni yodlashga hech qiynalmayapti.