Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkiloti Suriya armiyasini sig’imi katta bombalarni ishlatgani uchun tanqid qilayapti. Bochkaga solingan, temir-tersak va yonilg’i to’ldirilgan bu bombalar jangovar samolyotdan uloqtiriladi va qattiq talofatlar keltiradi. BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya hukumatidan bundan hujumlarni bas qilishni talab qilgan.