Amerika, 53 yillik tanaffusdan so'ng, Kuba bilan yana aloqaga kiradi. Rishtalarni har tomonlama tiklash har ikki tarafga foyda, deydi Barak Obama. Gavana ham shunday fikrda. Kubada besh yildan beri qamoqda yotgan AQSh fuqarosi Alan Gross ozodlikka chiqarildi.
AQSh Kuba bilan aloqalarni tiklamoqda
- Amerika Ovozi

5
Kuba Prezidenti Raul Kastro AQSh bilan munosabatlarning tiklanayotgani haqida mahalliy telekanalda xalqqa ma'lumot bermoqda, Gavana, Kuba, 17-dekabr, 2014-yil.

6
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Kubadagi qamoqdan ozod qilingan AQSh fuqarosi Alan Grossni aeroportda kutib olmoqda, 17-dekabr, 2014-yil.

7
Kubada besh yillik qamoqdan so'ng ozodlikka chiqqan AQSh fuqarosi Alan Gross rafiqasi bilan, 17-dekabr, 2014-yil.

8
Alan Gross (o'ngda) uni ko'rgani kelgan Kuba yahudiy jamoasi vakillari bilan, 28-sentabr, 2012-yil.