Fransiya politsiyasi Parijdagi otishmaga javobgar ikki odamni qidirar ekan, bugun ularga aloqadorlik gumoni bilan to'qqiz kishi hibsga olingan. Bosh vazir Manuel Valsning aytishicha, ikki terrorchining kimligi razvedkaga ma'lum. Ular kecha "Sharli Ebdo" satirik jurnali tahririyatiga qurol bilan bostirib kirib, 12 odamni o'ldirgan, 11 kishi jarohatlangan. Dunyo bo'ylab hamdardlik aksiyalari o'tmoqda. Asosiy shior: Je Suis Charlie - "Men Sharli".