Breaking News

Kerri Markaziy Osiyoda: Dialogdan keyin nima?


Obama ma’muriyati “dialog” va diplomatiya” so’zlarini yaxshi ko’radi, har ikkisi amalda keng qo’llaniladi. Xo’sh, undan keyinchi? Samarani qayerdan bilamiz?

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida bo’lib, prezidentlar bilan muzokara qilar ekan, Amerikaning o’zida mintaqaga nisbatan siyosat keskin tanqid ostida. Xitoy, Yaponiya, Hindiston singari yirik va yaqin davlatlarning rahbarlari bu yil Markaziy Osiyoga safar qilib, o’nlab milliard dollarlik sarmoya olib kirishga va’da berdi. Rossiya dunyoning bu qismi hamon uning nazoratida va ta’siri ostida ekanini eslatib turibdi.

Qo’shma Shtatlar joriy yilda Markaziy Osiyoga atigi 113 million dollarlik yordam ko’rsatmoqda. Kerri 1-noyabr kuni Samarqandda mintaqa tashqi ishlar vazirlari bilan muloqotda shuni ta'kidladiki, Vashington taraqqiyotni ko'zlovchi yangi dasturlarni ishga soladi. Biznes, iqlim va atrof-muhit, suv, ta'lim va madaniy sohada millionlab dollar ajratilishi kutilmoqda. 1991-yildan beri esa AQSh Markaziy Osiyoga jami 8,8 milliard dollarga teng yordam ko'rsatgan. Kerri fikricha, bu ulkan madad.

Obama ma’muriyati “dialog” va diplomatiya” so’zlarini yaxshi ko’radi, har ikkisi amalda keng qo’llaniladi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki-tomonlama yillik dialog yo’lga qo’yilgan. Maslahat kengashlari deb ataladi. Tashqi siyosatni belgilovchi Oq uy, uni ijro etuvchi Davlat departamenti, harbiy va xavfsizlik yo’nalishidagi aloqalarni tebratuvchi Mudofaa vazirligi rasmiylari mintaqa haqida gapirsa, dialog maromida ketmoqda, deya ishontirishga harakat qiladi.

Xo’sh, samarani qayerdan bilasiz?

Mintaqa davlatlariga, xususan O’zbekistonga ozmi-ko’pmi harbiy yordam berilmoqda. Bu yilning o’zida masalan yuzlab zirhli mashinalar va o’nlab chegarachi-robotlar, kichik dronlar, yetkazib berildi. Buning evaziga esa Pentagon Afg’onistondagi amaliyotlarni quvvatlash uchun O’zbekiston hududidan foydalandi. Endilikda u yerdagi harbiy missiya qisqararkan, hamkorlik ham shunga yarasha bo’ladi. Vashington boshqa sohalarda ham harakat qilmoqda, lekin til topishish oson emas, deydi siyosatdonlar.

AQSh-Markaziy Osiyo: "Quruq dialogdan amaliy qadamlarga o'tish kerak" - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:05 0:00
US-Central Asia/Secretary Kerry's Visit - Evan Feigenbaum, Paulson Institute - Navbahor Imamova, VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:59 0:00

Evan Feygenbaum (Evan A. Feiganbaum) Jorj Bush prezidentligi davrida Markaziy Osiyo bilan rishtalarni tebratgan, mintaqada ko’p vaqt o’tkazgan. Diplomatik safarlar, uchrashuvlarning ahamiyati katta, deydi u, lekin aniq reja bo’lmasa, quruq gapdan ne foyda? Masalan, Yangi Ipak Yo’li tashabbusi. G’oya va umumiy takliflar yangi emas, Klinton va Bush prezidentligi davrida ham bu haqda gap ketgan, deydi u, biroq konkret loyiha va yetarlicha siyosiy iroda bo’lmagani sabab faqat og’izda.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri mintaqaviy birdamlik, savdo yo’llari va hamkorlik xususida aynan Samarqandda muzokara olib borganini strategik qadam deya baholayotganlar ham bor. Samarqand Buyuk Ipak Yo’lidagi eng mashhur bekatlardan biri, qadim karvonsaroylar va bozorlar makoni bo’lgan. Region tashqi ishlar vazirlarini siyosiy poytaxt emas, shunday bir tarixiy o’choqqa yig’ish to’g’ri qadam, deydi Evan Feygenbaum. Lekin eng mashaqqatli ishlar hali oldinda.

Amerika Xitoy yoki Rossiya bilan raqobat qilmoqchi emas

Amerika Xitoy yoki Rossiya bilan bellashmoqchi emasligi haqiqat, deydi bugungi kunda Chikago universiteti qoshidagi tahlil markazini boshqarayotgan Feygenbaum. Bu markazga AQShning sobiq moliya vaziri Xenk Polson asos solgan. Asosiy e’tibori Osiyo da. Polson va Feygenbaumning bir oyog’i Pekin, Tokio, Seul, Singapur singari poytaxtlarda. Amerika axir Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni oshirishni ustuvor vazifalardan biri deb belgilagan. Markaziy Osiyoga ham sharqdan qancha ko’p sarmoya kirsa, shuncha yaxshi, deydi Feygenbaum.

Xitoy va Yaponiya bu borada turlicha ish tutadi, lekin samarani ta’minlash mintaqa davlatlarining qanchalik uddaburon ekaniga ham bog’liq. Katta sinov bu, deydi ekspert. Xitoy o’z Ipak yo’lini yaratish uchun kamida 40 milliard dollar sarflashni rejalagan lekin iqtisodi ancha sustlashgan bu davlat buni qanchalik uddalaydi, hozircha aniq bilmaymiz, deydi Feygenbaum.

Xitoy hamma narsaga qodir deb o’ylash xato, deydi u, mamlakat oldida boshqa yirikroq siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy muammolar turibdi. Xitoyning Markaziy Osiyoga qo’l keladigan bir jihati shuki, sarmoyani davlat qiladi va boshqaradi.

Amerika va Yaponiyada tizim shundayki, investitsiya xususiy kompaniyalardan keladi. Yaponiyaning maxsus banki bor, lekin hamma narsa bizneslarga bog’liq. Qiziqish hamisha bor lekin sarmoya qilishga arzigulik muhit mavjudmi? Korrupsiya va yulg’ichlik tirikchilik hisoblangan mintaqada bu og’ir masala.

Vashington qay sohada yordam bera oladi?

AQSh mintaqaga aynan nima sohalarda konkret yordam berishini aniqlab, g’ayratini o’shanga sarflashi kerak. Inson kapitali haqida Vashingtonda ko’p gapirishadi. Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha muovini Nisha Bisvol fikricha, mintaqaning asosiy boyligi uning iqtidorli aholisi. Demak, faol fuqarolarni, yoshlarni, mutaxassislarni quvvatlash kerak. Bu boradagi dasturlarni kengaytirish lozim, yangilarini tanishtirish kerak. Hukumatlar bilan bu borada kelishib olishga ko’proq kuch sarflash lozim, deydi Feygenbaum.

Albatta bu qanchalik qiyin ekanini uning o’zi yaxshi biladi. Feygenbaum Davlat departamentida ishlab yurgan davrda O’zbekiston va Tukrmaniston AQShning ko’plab ta’limiy va madaniy dasturlarini yo’qqa chiqarib, bir necha nohukumat tashkilotlarni mamlakatdan haydab yuborgan.

Feygenbaum bir narsaga qattiq ishonadi: Markaziy Osiyoning har bir davlatiga Amerika juda ham kerak. Bugungi rahbarlarga ham, ertangi liderlarga ham. AQSh ular uchun hamisha o’ziga xos tayanch bo’la oladi, deydi siyosatdon.

"Yo'q"

Janubiy Koreya O’zbekistonga 12 dona qiruvchi samolyot sotmoqchi. T-50 rusumidagi bu vositalarning muhim qismlari, jumladan motorlari Amerikaning "Lockheed Martin" kompaniyasi mahsuloti. Shunday ekan, AQSh bu samolyotlarning qay davlatga uzatilishi ustidan nazorat kuchiga ega. Vashington Seul-Toshkent bitimini yo’qqa chiqargani bu davlatlarni ranjitgani aniq, deydi Feygenbaum. U O’zbekistonga bu samolyotlar nega kerakligi haqida bilmaydi. Respublika rasmiylari ham bu borada bayonot bermaydi.

Davlat o’z harbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy texnologiya sotib olishga haqli, qurbi yetsa albatta. Xarid qila olsa, 12 qiruvchi samolyot O’zbekistonga 400 million dollardan oshiqqa tushadi. Amerika va Janubiy Koreya yaqin harbiy hamkorlar, deydi Feygenbaum, bu degani bir-birining nimaga mayli, nimaga aslo deyayotganini tushunadi.

Rasmiy safarlar

Jon Kerrining mintaqaga safari Feygenbaum nazarida har tomonlama ijobiy va albatta, tarixiy voqea. AQSh bosh diplomatlari oldin ham mintaqada ko’p bo’lgan.

Prezidentlar hech qachon bormagan. Prezidentga eng yaqin odam uning umr yo’ldoshi bo’lsa, ayni damda Oq uy uchun jadal kurash olib borayotgan Hillari Klinton, sobiq prezident Bill Klintonning rafiqasi, mintaqaga ilk bor 1997-yilda safar qilgan. 2009-2013 yillar orasida davlat kotibi vazifasida ishlaganida Markaziy Osiyoda bir necha bor mehmon bo’lgan.

Evan Feygenbaum AQSh diplomati sifatida Markaziy Osiyoda ko'p vaqt o'tklazgan, 2006
Evan Feygenbaum AQSh diplomati sifatida Markaziy Osiyoda ko'p vaqt o'tklazgan, 2006

Evan Feygenbaum AQSh diplomati sifatida Markaziy Osiyoda ko'p vaqt o'tklazgan, 2007
Evan Feygenbaum AQSh diplomati sifatida Markaziy Osiyoda ko'p vaqt o'tklazgan, 2007

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG