Breaking News

AQSh Davlat kotibi muovini O'zbekistonda bo'ldi


24-29 oktabr kunlari AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha muovini Tomas Shannon Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistonda bo'ldi.

Shannon shu paytgacha bu lavozimda mintaqada bormagan edi. Safardan maqsad - hukumatlar bilan muloqot, mustaqillikning chorak asrini sarhisob qilayotgan davlatlarga Amerika ularning do'sti ekanini eslatib qo'yish.

Vashington mintaqaviy birdamlikka undashda davom etadi va respublikalar bu borada jiddiy o'ylay boshlagan deb hisoblaydi. Biroq Markaziy Osiyo rasmiylari mintaqaviy hamkorlik oldindan dolzard masala ekanini ta'kidlaydi.

24-oktabr kuni Shannon Ostonada Qozog'iston rahbariyati, shuningdek, Amerika bilan rishtalarni tebratuvchi tashkilotlar bilan uchrashdi. Diplomatni mintaqaga olib borayotgan sabablardan biri - Qozog'iston Tabiat muzeyida o'tayotgan xalqaro ko'rgazma. Nursulton Nazarboyev boshliq hukumat bu tadbirga anchadan beri tayyorlanib, unda mamlakatning tabiiy boyliklari va iqtisodiy-madaniy qudratini ko'z-ko'z qilmoqda.

26-27 oktabr kunlari Shannon Bishkekda bo'ldi. Rasmiylar va talabalar bilan muloqot qildi. U parlament a'zolari, nohukumat tashkilotlarning vakillari, faollar va yoshlar bilan gaplashdi.

So'ngra Shannon O'zbekistonga yo'l oldi. Toshkent va Samarqandda rasmiy muzokaralar, madaniy sayohat va tadbirlar o'tdi. Diplomat O'zbekistonning yaqinda vafot etgan rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Mintaqaning har bir davlati va Vashington orasida kelishmovchiliklar talay. Lekin hukumatlarga ko'ra, e'tibor mushtarak manfaatlarda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG