Breaking News

Bir asr oldingi urush haqida nima bilasiz?


Birinchi Jahon Urushi to'rt yil davom etgan, 1914-1918
Birinchi Jahon Urushi to'rt yil davom etgan, 1914-1918

1918-yilning 11-noyabrida Birinchi jahon urushi rasman tugagan. 40 millionga yaqin odamning yostig’ini quritgan xalqaro mojaroga AQSh 1917-yilda qo’shilgan. Germaniyaga qarshi urush ochgan. Birinchi jahon urushi yakunlanishida Amerikaning hissasi katta bo’lgan va uni dunyo ahli unutib qo’ydi, deya noliydiganlar bor. Britaniyalik tarixchi olim Vilyam Filpotning “Amerika Ovozi” bilan suhbatda aytishicha, AQShning tarixiy rolini esdan chiqarib bo’lmaydi.

100 yillik tarix: Birinchi Jahon Urushida AQSh muhim rol o'ynagan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00
Germaniya Birinchi Jahon Urushi va uning qurbonlarini eslamoqda
Germaniya Birinchi Jahon Urushi va uning qurbonlarini eslamoqda

Yevropa davlatlari 20-asr boshidagi to’rt yillik qonli urushni xotirlamoqda. Ko’plab oilalarning ajdodlari nobud bo’lgan davr. Urush dunyoni o’zgartirgan. Global ta’siri hozirgacha namoyon.

AQSh unga kech kirgan, deydi tarixchilar, biroq salmoqli rol o’ynagan. 1918-yilning 26-sentabridagi jang, masalan, Amerika armiyasi tarixidagi eng talofatli operatsiya hisoblanadi. Unga general Jon Pershing qo’mondonlik qilgan.

Birinchi Jahon urushida 116 ming amerikalik halok bo’lgan. Ularning 14 ming nafari Fransiyadagi Myus-Argon qabristoniga ko’milgan. Amerikaliklar mozori.

U davrgacha AQSh xorijiy urushlarga katta qo’shin yubormagan edi. 1918-yil oxirida Fransiyada qariyb ikki million amerikalik askar bo’lgan.

Shuncha odami qurbon bo’lsa-da, Amerika urushdan keyin Yevropa xavfsizligiga uncha aralashmagan, deydi tarixchi Vilyam Filpot.

“Oradan ancha yillar o’tib, Yevropa tinchiy olmagach, xususan, Fransiya va Germaniya til topisha olmas ekan, Amerika moliyasi muhim omilga aylangan. AQShning xalqaro maydondagi roli kuchayishida bu ahamiyatga molik faktor”, - deydi professor Filpot.

Amerikaliklar mozori, Fransiya
Amerikaliklar mozori, Fransiya

1939-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlandi va unda ham Amerika o’z harbiy qudratini namoyish etdi.

“Fashizm va natsizmni AQShsiz yengib bo’lmas edi. Va yana bir fakt shuki, bu urushdan keyin Amerika Yevropada qoldi, ketmadi. Sharqiy blokka qarshi eng yirik kuch sifatida turib berdi. Bugun uning harbiy qudrati shaklan o’zgargan, lekin uning roli hamon beqiyos. U global kuch va dunyoning asosiy politsiyachisi”, - deydi professor Filpot.

Boshqa ekspertlar nazarida Amerika jahon tinchligi qo’riqchisi degan maqomni boy berib bormoqda.

Amerika xalqi 100 yil oldingi urush haqida uncha bilmas va uni xotirlamas, biroq Yevropa mozorlarida dafn etilgan o’nlab ming amerikaliklar behuda jon bermagan, deydi professor Filpot.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG