Afg’oniston poytaxti Kobul shahrida 3200 nafar ishtirokida “Loya Jirg’a” yig’ilishi o’tmoqda. 29-aprel kuni boshlangan tadbir 2-maygacha davom etadi. Unda ishtirokchilar toliblar bilan muzokara va sulh chegaralari yuzasidan fikr almashib, hukumatga maslahat beradi.
Qonunchilar, senatorlar, mahalliy rasmiylar va namoyandalar qatnashmoqda.
Sobiq prezident Hamida Karzay unga kelmagan, chunki uning fikricha, bu yig’in samara bermaydi. Karzay nazarida siyosiy doiralarning qarashlari o’rganilmagan.
Anjuman ochilishida so’zlagan Prezident Muhammad Ashraf G’ani Tolibon xorijiy homiylari arosatda, deya qayd etgan. Toliblar hukumat bilan murosa qilishi kerak, deydi u.
Tolibon tadbirni “tomosha” deya ta’riflamoqda.
G’ani odamlarni o’z fikrlarini erkin, ochiq-oydin, qo’rqmasdan bayon etishga chorladi. Prezident muzokaralar afg’onlar boshqaruvidan chiqayotganidan tashvishda.
“Loya Jirg’a”da qatnashgan jamoatchi faol Zalmay Aziziyga ko’ra, anjuman ishi rejalanganidek ketayotgani yo’q. Tadbir cho’zilishi mumkin.
“Hukumat haligacha anjuman ishiga aralashmagan. Qumitalarga muhokama mavzulari aniqlab berilgan. Toliblarni sulhga ko’ndirish, muzokaralarda qanday chiziqlardan o’tmaslik… Biz bosh qonun o’zgarmasligi, so’z erkinligi, ayollar huquqlari, madaniy tashlikotlari faoliyati cheklanmasligi bo’yicha o’z fikrlarimizni bildiramiz”,- deydi Aziziy.
Tolibon ayrim qatnashchilarga telefon qilib, qo’rqitgan. Bunday tahdidlarga qaramay yig’in ishtirokchilari kamaymagan.
“Menga bir odam telefon qilib toliblardan ekanini, “Loya Jirg’a”ga qatnashmasligim kerakligini aytdi. Men esa unga odamlarga bu borada va’da berganimni, bu xususda mas’uliyatim borligini aytdim. Lekin ko’ndira olmadim. Boshqa ishtirokchilar uchun ham shunday muammolar ro’y bergan”,- deydi Aziziy.
Prezident siyosiy raqiblari Ashraf G’ani rahbariyatda qolishi uchun tinchlik muzokalari jarayonini inqiroz bilan yuzlashtirmoqchi ekanini iddao qiloqda.
Markaziy hukumat “Loya Jirg’a”ga ulkan umidlar bog’lagan.
Facebook Forum