Olti oy oldin litzensiya olib ish boshlagan Human xususiy bandlik agentligi bugun O'zbekiston bo'ylab har bir viloyatda o'z filialiga ega. Mehnat migratsyasi mamlakatda dolzarb masala.
Respublikada chet elda biror yaqini ishlamayotgan, juda bo'lmaganda o'qish yoki boshqa sabab bilan chiqib ketmagan odamni topish qiyin. Xorijda mehnat qilib, vatandagi oilasini boqayotganlar ayrim manbalarga ko'ra, 4-5 millionni tashkil etadi.
Toshkentda asoslangan agentlik Germaniya, Polsha, Chexiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyaga ishchi yuborishni yo'lga qo'ymoqda. Hozirda bu davlatlarda sheriklar bor va hamkorlik izga tushmoqda.
Agentlik rahbari Shohnur Fayzullayev "Amerika Ovozi" bilan 2018-yilning dekabrida gaplashganida faoliyat endigina boshlanayotgan edi. O'shda asosan maqsad, masala va vazifalar xususida so'z ketgan edi.
Bu muloqotni quyida tomosha qiling (dekabr, 2018):
Bugungi kunda Fayzullayev deydiki, hozirgacha yuzlab o'zbekistonlik uning "Human" orqali ishga ketdi. Yuzlab odam viza kutmoqda.
Xo'sh, agentlik ishchini qanday tanlaydi?
Ketish xarajati qancha?
Tayyorlash jarayoni qanday kechadi? Talabgorlar o'qitiladimi?
Ishchini himoya qiladimi?
Mehnat migrantining sug'urtasi bormi?
Bu agentlikning yaqinda ish boshlagan Human.uz axborot agentligiga nima aloqasi bor?
Javoblar Shohnur Fayzullayev bilan muloqotimizda:
Facebook Forum