Breaking News

AQSh tanqidi ketidan Xitoy o'z mintaqaviy loyihasini himoya qilmoqda


FILE - Work is in progress at a new international trade route near Havalian in Pakistan, May 11, 2017, as part of China's 'Belt and Road Initiative.'
FILE - Work is in progress at a new international trade route near Havalian in Pakistan, May 11, 2017, as part of China's 'Belt and Road Initiative.'

Xitoy va Pokiston Vashingtonning ular hamkorlikda boshlagan loyihalarini tanqid qilayotganidan norozi. Pekin nazarida Tramp ma'muriyati "fakt va uydirmani farqlay olmay qolgan".

Xitoy-Pokiston Iqtisodiy Korridori deya nomlangan mintaqaviy proyekt bir necha million dollarli sarmoya bo'lib, har ikki tomonga birdek foyda keltiradi, deydi rasmiylar.

Biroq AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bilan aloqalariga mas'ul diplomati Elis Uells deydiki, bu loyihadan Pokiston manfaat kuta olmaydi chunki u oshkoralik va adolatni kafolatlamaydi. Pirovardida faqat Xitoy uchun xizmat qiladigan ish, dedi Uells yaqinda Vashingtonda so'zlar ekan.

Bunday tanqidiy pozitsiya Pekin va Islomobodda qattiq qarshilik uyg'otib, har ikki poytaxtda Amerikani qoralovchi bayonotlar yangramoqda.

Xitoy diplomatlariga ko'ra, AQShdagi hamkasblari har bir so'zini o'ylab, tekshirib izhor etishi kerak, yolg'on gaplar aytish jiddiy va zararli oqibatlarga yetaklashi mumkin.

Pokiston bilan hamkorlik "korrupsiyadan toza bo'ladi", deya bildirmoqda Xitoy elchixonasi.

Islomobodda ham rasmiylar Uellsning tanqidi o'rinsiz deb, yaqinda Amerika bilan bu borada muloqot qilinganini eslatmoqda.

Ko'p jihatdan qoloq mamlakatni texnologik asrga olib kirish, sanoatlashtirish va taraqqiy ettirish uchun Xitoy investitsiyasi nihoyatda muhim, deydi Pokiston rasmiylari.

Xitoy o'tgan besh yil ichida Pokistonga 20 milliard dollar sarmoya olib kirgan. Postlarni yangilash, yo'llar va energetik inshootlarni ta'mirlash, yangilarini barpo etish, infrastrukturani oyoqqa turg'azish katta mablag' talab qiladi. Yuqorida qayd etilgan sarmoyaning aksar qismi to'g'ridan to'g'ri investitsiya. 2030-yilgacha Xitoy Pokistonga 60 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalagan.

Vashington nazarida esa Xitoy shu tariqa Pokistonni o'ziga butunlay qaram qilib qo'ymoqchi. Xuddi boshqa davlatlarda bo'lganidek, deydi Davlat departamenti rasmiylari. Chunki shartlar mujmal, jarayon ochiq emas, muzokaralarda tomonlar aniq talablarni belgilamagan.

Amerikaning bu tanqidiga Xitoyning javobi shuki, Vashingtonning o'zi ham Pekindan qarz oladi. AQSh Xitoyga 3 trillion dollarlik kreditni qanday to'lashi kerak bo'lsa, boshqa davlatlar ham shunday qiladi, deydi Pekin diplomatlari.

AQSh buni inkor etadi va Pokiston kabi kambag'al davlatlar bilan Xitoy boshqacha kelishuvlar qilishini eslatadi. Loyihani Xitoyning o'zi amalga oshiradi, deydi Uells, Pokiston mehnatkashlari uchun imkoniyatlar deyarli yaratilmaydi.

Xitoy esa hozirgacha Pokistonda 75 ming ish o'rni ochildi deya qayd etib, 2030-yilgacha jami 2,3 million odam ish bilan ta'minlanadi, deya va'da bermoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG