Breaking News

AQShning ko'plab shtat va bizneslari iqlim isishiga qarshi mustaqil kurashmoqda


Xalqaro hayot - 13-dekabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:16 0:00

Madridda global iqlim isishiga qarshi BMTning xalqaro muloqoti o’tkazildi. U Tramp ma’muriyati davrida iqlim o’zgarishi bo’yicha AQSh to’liq ishtirok etgan so’nggi anjuman bo’lishi mumkin.

Konferensiyada qatnashgan bo’lsa-da, AQSh delegatsiyasining borligi uncha sezilmadi.

Rasmiy guruhdan tashqari, AQSh shtat va shaharlari, biznes vakillaridan iborat yana bir jamoa bor. Ular Amerika iqtisodiyotining qariyb 70 foizini namoyon etadi.

“Qazilma yoqilg’i o’rniga qayta tiklanuvni manbalarni ishlatishsa, nafaqat atrof-muhitga zarar kamayishini, balki hatto pul tejash imkoniyati borligini ko’rishyapti”, - deydi faollardan biri Mariana Feldmen.

Bir necha hafta oldin Prezident Tramp AQSh kelasi yil Parij iqlim kelishuvidan rasman chiqishini e’lon qilgan edi. Ayni paytda AQSh hukumati iqlim o’zgarishiga qarshi kurashayotganini aytadi.

“Parij iqlim bitimi Vashington kirgan, AQSh zarariga ishlaydigan bitimga eng so’nggi misol”, - deydi Prezident Tramp.

Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi esa boshqacha fikrda.

“Vakillar palatasi va AQSh Kongressi nomidan barchangizga shuni aytmoqchiman: biz hanuz kelishuvdamiz”, - dedi u.

Farqli qarashlar iqlim bo’yicha Amerikada bo’linish qanchalik kuchli ekanini ko’rsatadi.

20 dan ortiq demokratik shtatlar va Puerto-Riko issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish ahdida qat’iy. Minglab biznes ahli va mahalliy shaharlar ham shunday fikrda.

Bu esa faollarga umid beradi.

“AQShsiz oldinga yurish juda qiyin bo’ladi, lekin iqlimga qarshi kurashayotgan shtatlar ko’pligiga ishonaman”, - deydi marokashlik yosh faol Ayub Maxlufi.

Kurash dunyoning turli burchaklarida mahalliy darajada davom etmoqda.

Fransiya va Braziliyaning bir guruh shtatlari federal hukumatdan mustaqil ravishda Amazon o’rmonini saqlab qolish yo’lida hamkorlik qilmoqda.

“Biz qayta-qayta ko’rayotgan ajoyib narsa shuki, hamma joyda bizneslar, mahalliy hukumatlar va fuqarolar iqlim o’zgarishiga qarshi kurashmoqda”, - deydi Feldmen.

Faollarning aytishicha, sayyora iqlimini barqarorlashtirish uchun ham mahalliy, ham mamlakat darajasida barcha kuchlarni birlashtirish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG